Kontent qismiga oʻtish

Almosiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Almosiy (tojikcha: Алмосӣ) — Tojikistonning Hisor tumanidagi Almosiy qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli qishloq. Almosiydan mahalla markazigacha 4 km, tuman markaziga 32 km. Aholisi 1115 kishi (2017), tojiklar.

Ilgari bu hudud aholisi olmos pichoqlar yasagan. Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida bu joy Almosiy tumanining markazi hisoblangan. Almosiyliklar asosan dehqonchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Almosiyda sogʻlomlashtirish punkti, litsey, tegirmon va televidenie bor. Yerlar Xonakoʻr daryosidan sugʻoriladi[1].

  1. Donishnomai Hisor. — Dushanbe: „Irfon“, 2015, — S. 116