Kontent qismiga oʻtish

Almuth Schult

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Almuth Schult
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Almuth Schult[1]
Tavallud sanasi 9-fevral 1991-yil (1991-02-09) (33 yosh)
Tavallud joyi Dannenberg, Germaniya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angel City
Raqami 39
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996—2007 FC SG Gartow
2007—2008 Hamburger SV
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 Hamburger SV 0 (0)
2008—2011 Magdeburger FFC 44 (0)
2011—2013 SC 07 Bad Neuenahr 43 (0)
2013—2022 VfL Wolfsburg 116 (0)
2022 Angel City FC 0 (0)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Germaniya U19 11 (0)
2009—2010 Germaniya U20 10 (0)
2010 Germaniya U23 1 (0)
2011 Germaniya 64 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 22-aprel uchun)

Almuth Schult (1991-yil 9-fevralda tugʻilgan[2]) — nemis futbolchisi, „Angel City“ va Germaniya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi[3].

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Besh yoshida Schult oʻz faoliyatini mahalliy „FC SG Gartow“ futbol klubida boshlagan, 2007-yilda „Hamburger SV“ga oʻtgan. U 2008-yilda „Magdeburger FFC“ga qoʻshildi va u yerda uchinchi darajali Regionalligada oʻynadi. Magdeburgda Schult muntazam asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va jamoasi bilan 2-oʻringa koʻtarildi. 2011-yilda Schult Bundesliga vakili „SC 07 Bad Neuenahr“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4]. 2013-yilda u Bundesliga va UEFA ayollar chempionlar ligasi chempioni „VfL Wolfsburg“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5].

Xalqaro faoliyti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schult Germaniya terma jamoasi bilan 2008-yilgi 17 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi „Jahon chempionati“da ikkita oʻyinda qatnashib, uchinchi oʻrinni egalladi. Ikki yil oʻtgach, u 2010-yilgi 20 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi „Jahon chempionati“da Germaniya terma jamoasining birinchi tanlangan darvozaboni boʻldi va jamoa gʻalaba qozondi. Turnir Germaniyada oʻz maydonida oʻtkazildi.

Schult Germaniya terma jamoasining 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi uchinchi darvozaboni sifatida chaqirilgan edi[6]. Uning jamoadagi debyuti 2012-yilning 15-fevralida Turkiyaga qarshi oʻtkazilgan[7][8].

Nadine Angerer nafaqaga chiqqanidan soʻng, Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida Schultning birinchi yirik turniri 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida boʻlib oʻtdi, u yerda u har bir oʻyinda oʻynadi. Germaniya bilan ayollar olimpiadasi futbolida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi[9].

VfL Wolfsburg

  • Bundesliga: 2013—2014, 2016—2017, 2017—2018, 2018—2019
  • DFB-Pokal: 2014—2015, 2015—2016, 2016—2017, 2017v2018, 2018—2019
  • UEFA ayollar chempionlar ligasi: 2014

Germaniya

  • UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati, ikkinchi oʻrin: 2022[10]
  • Yozgi Olimpiya oʻyinlari, oltin medal: 2016
  • Algarve kubogi: 2012—2014

Germaniya U20

  • FIFA U20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2010

Germaniya U17

  • FIFA U17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati, uchinchi oʻrin: 2008

Shaxsiy yutuqlari

  1. „FIFA Women's World Cup France 2019 – List of Players: Germany“. FIFA (2019-yil 7-iyul). 2019-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-fevral.
  2. Krech, Eva-Maria. Deutsches Aussprachewörterbuch (de). Berlin: Walter de Gruyter, 2009 — 306, 912-bet. ISBN 978-3-11-018202-6. 
  3. „Nationalspielerin Almuth Schult“ (de). DFB.de. Qaraldi: 2011-yil 23-iyun.
  4. „Bad Neuenahr verpflichtet Almuth Schult“ (de). womensoccer.de (2011-yil 28-aprel). 2011-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-iyun.
  5. „Goalkeeper Schult goes to Wolfsburg“. uefa.com (2013-yil 30-may). Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.
  6. Bundestrainerin benennt 21-köpfigen WM-Kader.
  7. DFB-Frauen glanzlos an die Spitze.
  8. „EM-Qualifikation, 2011/2012, Gruppe 2 – Türkei 0 Deutschland 5“ (de). DFB – Deutscher Fußball-Bund e.V. (2014-yil 14-avgust). Qaraldi: 2019-yil 26-aprel.
  9. „Gold for Germany as Neid finishes in style“. fifa.com (2016-yil 19-avgust). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Sanders. „England beat Germany to win first major women’s trophy“. BBC (2022-yil 31-iyul). Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  11. Awards 2014
  12. „IFFHS WORLD'S BEST WOMAN GOALKEEPER OF THE DECADE 2011-2020 : ALMUTH SCHULT“. IFFHS (2021-yil 18-yanvar).