Kontent qismiga oʻtish

Alogizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alogizm (yunoncha: a – inkor qoʻshimchasi, logos – idrok) – ilmiy bilishda mantiqiy fikrlashning rolini inkor etadigan oqim. Alogizm tarafdorlari tabiat va ijtimoiy hayotning taraqqiyoti hech qanday qonuniyat, tartib va zaruriyatga bogʻliq emas, ularda tartibsizlik hukmron, degan nazariyani olgʻa suradilar. Alogizm intuitsiya, ishonch, aqidalarni mantiqqa qarama-qarshi qoʻyadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil