Aloqa uzeli
Qiyofa
Aloqa uzeli — 1) telegraf, telefon, pochta orqali yuboriladigan xabarlar oqimini birlashtirish va taqsimlash uchun xizmat qiladigan aloqa tarmogʻining tarkibiy qismi. Tarmoq Aloqa uzeli elektr aloqa tarmoqlarining tuzilishiga muvofiq 3 xilga: telegraflar va shaharlararo telefon stansiyalari amalga oshiradigan asosiy Aloqa uzeliga; katta sigʻimli telegraf stansiyalari va shaharlararo ATS amalga oshiradigan viloyat Aloqa uzeliga; kichik sigʻimli telegraf stansiyalari va tuman ATSlari amalga oshiradigan tuman Aloqa uzeli ga boʻlinadi. Radioeshittirish uzeli tarmoq Aloqa uzelining bir turi hisoblanadi; 2) aholiga, ishlab chiqarish korxonalariga, tashkilotlarga turli aloqa xizmati koʻrsatiladigan aloqa korxonasi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |