Alpari Group
Alpari Group - valyuta, qimmatbaho metallar va CFD brokeri boʻlib, uning bosh qarorgohi bir necha mamlakatlarda joylashgan. Bu kompaniyaning Buyuk Britaniyadagi korxonasi 2015-yil 19-yanvarda Shveysariya frankining yevroga nisbatan savdosida katta yoʻqotishlardan soʻng toʻlovga qodir emas edi.[1]
Kompaniya quyidagilar bilan savdo qilish uchun litsenziyaga ega:
Bosh qarorgohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brendning bosh ofisi Komor orollarida joylashgan. Alpari (Komor) LTD kompaniyasi Komor Ittifoqining Moheli orolining Fomboni shahrida roʻyxatdan oʻtgan.[4]
Xizmatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alpari brendi jahon miqyosida 165 mamlakatda mavjud. Alpari qulay onlayn savdo va investitsiya xizmatlarini taqdim etish uchun texnik yechimlardan foydalanishga moʻljallangan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompaniya Rossiyaning Qozon shahrida 1998-yilda tashkil etilgan. Biroq, faqat 2002-yilda Alpari oʻz veb-saytini ingliz tilida taqdim etish orqali xalqaro miqyosda kengayishni boshladi.[5]
Asoschisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompaniya direktorlar kengashi raisi Andre Dashin tomonidan tashkil etilgan. Andrey Valerievich Dashin Alpari va FXTM brokeriga egalik qiladi, shuningdek, u ForexTime nomi bilan ham tanilgan.[6]
Alpari xayriya jamgʻarmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Alpari" xayriya jamgʻarmasi 2005-yilda Andrey Dashin tomonidan Tatariston Respublikasidan boʻlgan bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishi yoki aqliy va jismoniy imkoniyatlaridan qatʼiy nazar, oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan dastur.[7]
2018-yilda „Alpari“ xayriya jamgʻarmasi Tatariston aholisiga jami 29,4 million rubl miqdorida yordam koʻrsatdi.[8] 2019-yilning birinchi yarmida Tataristondagi benefitsiarlarni qoʻllab-quvvatlash uchun jami 24,9 million rubl ajratildi.[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „News for customers of Alpari (UK) Limited“. Financial Conduct Authority (2015-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 6-mart.
- ↑ „Information about the legal entities included in the forex companies registry as of 03.09.2017“. National Bank of the Republic of Belarus. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
- ↑ Golovtchenko, Victor (2018-11-21). „Exclusive: Alpari Closes Down Belize Subsidairy“. Retrieved 2020-09-12.
- ↑ „About Alpari“. Qaraldi: 2023-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Alpari Company History“. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ Plotnikova. „Dollar millionaire Andrey Dashin files a lawsuit against Google and Yandex“ (2017-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Благотворительный фонд Альпари“. The Alpari Charitable Fund. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Татарстанцы через благотворительный фонд помогли нуждающимся почти на 30 млн рублей“. Татар-инфо. Qaraldi: 2019-yil 14-may.
- ↑ „Благотворительный фонд "Альпари" оказал помощь в Татарстане на рекордную для полугодия сумму“. Реальное время. Qaraldi: 2019-yil 31-avgust.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |