Kontent qismiga oʻtish

Altamira

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Altamira – Ispaniyaning Santander viloyatidagi qoyatosh rasmlari saqlangan gʻor. 1875-yildan ispan arxeologi Marselino Sautuola topib oʻrgangan. Gʻorda rang-barang boʻyoqpar bilan ishlangan hayvonlar (yovvoyi ot, toʻngʻiz, bugʻu va togʻ echkilari)ning tasvirlari topilgan. Suratlarning uzunligi 2,2 m gacha yetadi. Rasmlar yaxshi saqlangan, oʻta kuzatuvchanlik, hayvonlarning anatomik tuzilishi va holatining aniq berilishi, shakllarni yasashda chiziq va boʻyoq dogʻlarini erkin qoʻllanishi bilan diqqatni jalb etadi. Altamira tasvirlarining topilishi paleolit davri gʻor va qoyatosh rasmlarini oʻrganishga turtki boʻldi. Gʻordagi tasviriy sanʼat obidasi madlen davriga oid. Altamira gʻoridagi madaniy qatlamlardan yuqori paleolitning salyutre va madlen davrlariga mansub tosh qurollar va turli hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil