Kontent qismiga oʻtish

Alternariozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alternariozlar — oʻsimliklarning zamburugʻli kasalliklari. Ekinlarda Alternariozlarni Alternaria turkumiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Kasallangan oʻsimlik toʻqimalari ustida saprofit zamburugʻ — alternariya toʻq jigarrang duxobasimon dogʻ gʻubor hosil qilib rivojlanadi. Dogʻlar doirasida toʻqimalar asta-sekin oʻladi. Don ekinlari, kartoshka, olma, karam, nok, rezavorlar va boshqalarga katta zarar yetkazadi. Gʻoʻzada uchraydigan Alternariozlar chanoqlardagi paxtani buzadi. Tola texnologik xususiyatlarini, chigit moydorlik va unuvchanligini yoʻqotadi. Oʻta namgarchilik, kuzning erta boshlanishi, hasharotlar (oʻsimlik bitlari, oʻrgimchakkana, koʻsak qurti) kasallikning tarqalishi va rivojlanishiga sabab boʻladi. Kurash choralari: oʻsimlik qoldiqlarini yigʻishtirib olish, kuzgi shudgorlash, urugʻlikni dorilash, vegetasiya davrida oʻsimlikka fungitsidlardan sinebning 1,5%li suspenziyasini purkash (yana qarang Zamburugʻli kasalliklar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil