Alyaksandra Gerasimenya
Alyaksandra Gerasimenya | |
---|---|
Tavalludi | 31-dekabr 1985 |
Fuqaroligi | Belarus |
Alyaksandra Viktorovna Gerasimenya (belaruscha: Аляксандра Віктараўна Герасіменя) – belaruslik suzuvchi, 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlarining ikki karra vitse-chempioni (50 va 100 metrga erkin usulda), 2016-yilgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori (50 metrga erkin usulda suzish), „uzun“ (50 m basseyn) va „qisqa“ (25 m basseyn) masofalarga suzish boʻyicha jahon va Yevropa chempionatlarida oltin medallar sovrindori. Bir necha karra Universiada chempioni (2009, 2011 va 2013). Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2012). Erkin, chalqancha va batterflyay usulida suzish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan. 2020-yil oktyabr oyida Belarus sport birdamligi jamgʻarmasini boshqargan. Muxolifat siyosiy faoliyatida faol qatnashgan[1][2][3][4][5].
Sportdagi yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yil fevral oyida boʻlib oʻtgan milliy chempionatda chalqancha uslubda 50 va 100 metrga suzish boʻyicha ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2003-yilda Gerasimenya doping sababli 4 yilga diskvalifikatsiya qilingan. Keyinchalik jazo muddati 2 yilga qisqartirilgan[6].
Gerasimenya 2010—2012-yillarda eng yuqori yutuqlariga erishgan. 2010-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha Yevropa chempionatida 50 metrga chalqancha suzish boʻyicha gʻolib chiqqan (u yerda 100 metrga erkin usulda suzishda ham ikkinchi oʻrinni egallagan). 2011-yilda Shanxayda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Aleksandra daniyalik Janette Ottesen bilan 100 metrga erkin usulda suzishda birinchi oʻrinni egalladi.
2012-yil 2-avgust kuni boʻlib oʻtgan London Olimpiadasida Aleksandra 100 metrga erkin usulda suzish boʻyicha milliy rekord 53,38 soniya bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan va Olimpiada rekordini 53,00 soniyada suzgan gollandiyalik Ranomi Kromovidjoga yutqazgan. 4 avgust kuni 50 metrga erkin usulda suzishda tarix takrorlangan: Gerasimenya milliy rekordni (24,28 soniya) yangilangan, ammo Kromovidjoxoga (24,05 soniya) yutqazgan.
2012-yil oxirida 25 metrlik basseynda 50 metrga erkin usulda suzish boʻyicha birinchi boʻlib Chartrdagi Yevropa chempionatida, keyin esa Istanbuldagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2013-yilning yozida Qozondagi Universiadada uchta oltin (50 va 100 metrga erkin usulda, 50 metrga batterflyay usulida) va bitta kumush (50 metr chalqancha suzish) medalini qoʻlga kiritgan. 50 metr masofaga erkin usulda suzishda Gerasimenya ketma-ket uchinchi Universiada gʻolibi boʻlgan.
2016-yilda Rioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 50 metrga erkin usulda suzishning soʻnggi bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2019-yil 7-avgust kuni sportchi oʻzining sportdagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[7].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- III darajali Vatan ordeni (2012)[8].
- "Shon-sharaf" ordeni (2016).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Yesli bi otkrutit vremya, ya bi nachala viskazivatsya ranshe“. Aleksandra Gerasimenya – o muje, skandale s Bazanovim i pozdravleniyax ot Lukashenko
- ↑ „«Раньше и не было такого понятия как беларус. 2020-й в этом плане раскрыл глаза». Герасименя – о том, как меняется наше общество“. 2022-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
- ↑ „Интервью Александры Герасимени журналисту Никите Мелкозёрову“. 2022-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
- ↑ „Обращение Александры Герасимени по поводу возможной агрессии РФ против Украины“. 2022-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
- ↑ „Александра Герасименя критикует белорусских спортсменов. Интервью телеканалу "Белсат"“. 2022-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
- ↑ „Герасименя о дисквалификации в 2003-м году: «Думаю, впоследствии моя неуверенность на крупных стартах – отголоски того времени»“ (ru). Tribuna.com. 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
- ↑ „«Золотая рыбка уплыла»: пловчиха Александра Герасименя завершила карьеру“ (ru). sport.tut.by (2019-yil 7-avgust). 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
- ↑ „Лукашенко наградил белорусских олимпийцев орденом Отечества“. 2012-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-avgust.