Alyoxin himoyasi
a | b | c | d | e | f | g | h | ||
8 | 8 | ||||||||
7 | 7 | ||||||||
6 | 6 | ||||||||
5 | 5 | ||||||||
4 | 4 | ||||||||
3 | 3 | ||||||||
2 | 2 | ||||||||
1 | 1 | ||||||||
a | b | c | d | e | f | g | h |
Alyoxin himoyasi – bu quyidagi yurishlar bilan boshlanadigan shaxmat debyuti:
- 1. e2-e4 Kg8-f6.
Kamdan-kam hollarda katta musoboqalarda qoʻllanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIX asrda 1. … Ng8-f6 yurishi deyarli ishlatilmadi. Ushbu yurish haqida 1811-yilda Allgaier oʻz darsligida qayd etib oʻtgan[1].
Bu himoyani turnir amaliyotiga A.Alyoxin kiritgan boʻlib, u L.Shtayner bilan oʻyinda ushbu yurishdan foydalangan (Budapesht, 1921), garchi bu yurhs avvalroq maʼlum boʻlsa ham (masalan, Mixail Klyatskin buni Alyoxindan oldin qoʻllagan)[2][3]. Alyoxin himoyasi asosan piyodalar bilan markazdan qarshi hujumni qaytarish. Biroq, bu himoyani A.Alyoxin kamdan-kam holatda ishlatgan.
Hozirgi kunda, debyut nazariyasining kompyuter tahlili rivojlanishi bilan, Alyoxin himoyasi asosiy musoboqalarda deyarli ishlatilmaydi. Markazning ixtiyoriy yondoshishi va koʻp oʻzgarishlarda bir nechta templarning yoʻqolishi oqlar uchun doimiy va jiddiy pozitsion ustunlikka olib keladi.
Variantlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. Kb1-c3 - bu harakat bilan oqlar asosiy variantlardan qochishga va oʻyinni boshqa yoʻnalishga burishga harakat qiladi.
- 1. … e7-e5 - Vena oʻyini.
- 1. … d7-d6 - Pirts-Ufimtsev himoyasi.
- 1. … d7-d5 - Skandinaviya himoyasi.
2. e4-e5
- 2. … Nf6-g8 - Klyatskin oʻzgarishi
- 2. … Nf6-e4 - Mokele-Mbembe himoyasi
- 2. … Nf6-d5
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ М. В. Четверик, Н. М. Калиниченко. Защита Алехина. Энциклопедия, 2015.
- ↑ Б. С. Ванштейн. Ловушки Ферзьбери — 156-bet.
- ↑ Калиниченко Николай Михайлович, Линдер Владимир Исаакович. Шахматы. Полный курс, 2017 — 353-bet.