Kontent qismiga oʻtish

Alyuminatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alyuminatlar — alyuminat kislo-talar (ortoalyuminat HjAIOj, me-taalyuminat NA1O2 va boshqalar)ning tuzlari, alyuminiy oksidning boshqa metallar bilan hosil qilgan kimyoviy birikmalari, umumiy formulasi R [A12O4] (R-Sa, Mg, Sr, Va, Be va hokazo). Tabiatda eng koʻp tarqalgan. Ishqoriy metallarning A. suvda yaxshi eriydi. A. turli sohalarda ishlatiladi. Mas, natriy A. NaA102 gazlamalarni boʻyashda ishqor sifatida qoʻllanadi; kalsiy A. Sa (AYU2)2 tez qotadigan giltuproqli sementning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi; shpinellardan (ayrim II guruh metallar A.) olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda hamda qimmatbaho tosh sifatida foy-dalaniladi (yana qarang Alyuminiy). Hozirgi vaqtda nodir metallarning A. alohida amaliy ahamiyatga ega. Ular maxsus ke-ramika, lazer va optik shishalar, uta elektr oʻtkazuvchan materiallar olishda, yadro texnikasida va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida nodir elementlar oksidlarining oʻrniga ishlatiladigan materiallardir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil