Kontent qismiga oʻtish

Amalgamatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amalgamatsiya (lot. amalgama — qotishma) — rangli metallurgiyada asl metallar (oltin, kumush va platina) ni kukunlangan ruda yoki qumdan simob yorda-mida ajratib olish. Rudalar tegirmonlarda maydalanib amalga oshiriladigan A. ichki, boyitish shlyuzlarida amalga oshiriladigan A. tashqi deyiladi. Maydalangan rudaning suv bilan aralashmasi shlyuzda harakatlanganda metallarni mis (yoki kumush) yuritilgan listlarga surkalgan simob tutib qoladi. Elektr A. usuli ham mavjud. Bunda metall simob bilan hoʻllanib, shlyuzlarda oʻzgarmas tok taʼsirida rudaga ishlov beriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil