Amani Fancy
Amani Fancy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Birlashgan Qirollik |
Tavalludi |
14-iyul 1997-yil London |
Boʻyi | 1.53 m (5 ft 0 in) |
Oldingi sheriklari | Christopher Boyadji |
Oldingi murabbiylari | Alexander König, Mark Naylor, Igor Novodran |
Jamoasi | EC Oberstdorf |
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi | Oberstdorf |
Uchishni boshlagan | 2005 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 37.28 |
Erkin dastur | 67.20 |
Amani Fancy (talaffuzi: Amani Fensi; 1997-yil 14-iyulda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan britaniyalik figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Christopher Boyadji bilan birga 2015 Tallinn Trophy musobaqasining bronza medali sovrindori va ikki karra Britaniyaning milliy chempioni (2014 va 2016-yillar) boʻlgan. Shundan soʻng „Dancing on Ice“ (2019) koʻrsatuvida professional figurali uchuvchi sifatida ishtirok etib keladi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fancy 2013-yilning bahorida Chrostopher Boyadj bilan juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnasha boshlagan. 2013-yilning noyabrida bu juftlik amaldagi chempionlar Stacey Kemp / David King juftligidan oldin Britaniyaning milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Fancy / Boyadji juftligi 2014-yil Budapesht (Vengriya)da boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 15-oʻrinni, 2014-yilda Yaponiyaning Saitama shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 18-oʻrinni egallagan[1].
Fancyning 2014-yil noyabr oyida qilingan operatsiyadan soʻng juftlik 2015-yilgi Britaniya chempionatida ishtirok eta olmadilar. Ular Stokgolmda boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Yevropa chempionatiga yuborildi va u yerda juftlik 12-oʻrindan joy oldi. Bu juftlik 2015-yili Shanxayda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 16-oʻrinni egallagan edi[2][3].
Fancy / Boyadji juftligi 2015 Tallinn Trophy[4] musobaqasida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan va Gran-pri, 2015 NHK Trophy musobaqasida 8-oʻrindan joy olgan, shuningdek, ikkinchi milliy chempionlikni ham sohibi boʻlgan. Juftlik 2016-yilning yanvarida 2016-yilgi Yevropa chempionatini tark etgan holda sport juftligi yakunlangani haqida eʼlon qilishgan. Ularga Germaniyaning Oberstdorf shahrida Alexandr König[5] va Mark Neylor murabbiylik qilgan.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boyadji bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2015/16 |
|
|
2014/15 |
|
|
2013/14 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Boyadji bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro | |||
---|---|---|---|
Tadbir | 2013/14 | 2014/15 | 2015/16 |
Jahon chempionati | 18 | 16 | |
Yevropa chempionati | 15 | 12 | |
GP NHK Trophy | 8 | ||
CS Nebelhorn Trophy | 8 | WD | |
CS Tallinn kubogi | 3 | ||
Bavarian Open | 4 | ||
Lombardia Trophy | 8 | ||
Warsaw Cup | 4 | ||
Milliy | |||
Britaniya chempionati. | 1ㅤ | 1ㅤ | |
WD = musobaqani tark etgan |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Williams, Ollie. „Figure skating: GB champions target Sochi 2014 top eight“. BBC News (2013-yil 30-noyabr).
- ↑ „Discover Elite Figure Skaters Christopher and Amani“. National Ice Skating Association (2015-yil 5-dekabr). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
- ↑ „Zoe Wilkinson and Christopher Boyadji confirmed as new skating partnership“. National Ice Skating Association (2016-yil 19-avgust). 2016-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
- ↑ https://en.wikipedia.org/wiki/2015_CS_Tallinn_Trophy
- ↑ https://en.wikipedia.org/wiki/Alexander_K%C3%B6nig