Kontent qismiga oʻtish

Amen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amen — Fransiya shim.dagi shahar. Somma daryosi bo‘yida. Somma de-partamentining ma’muriy markazi va Pikardiya tarixiy o‘lkasining eng katta shahri. Aholisi 136 ming kishi (1990). Temir yoʻl tuguni. To‘qimachilik sanoati (ipgaz-lama, duxoba va trikotaj to‘qish), metal-lurgiya, mashinasozlik va kimyo zavodlari bor. Qadimda A. (Samarobriva) da gal-larning ambian qabilasi (shahar nomi shundan) yashagan. A. tarixiy voqealarga boy. Shahar Ikkinchi jahon urushi davrida qattiq shikastlangan. Uni qayta tiklash-da tarixiy qiyofasi asrab qolingan. Fransiyada eng katta Notr-Dam gotika sobori (13—15-asrlar) hamda 13—18-asrlarga oid boshqa me’moriy yodgorliklar saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil