Amfiblastula
Qiyofa
Amfiblastula (yunoncha: amphi -yaqinida, yonida va blastula) — ayrim ohakli bulutsimonlarnmt blastulaga oʻxshash lichinkasi. Amfiblastulaning animal va vegetativ qutblaridagi hujayralari bir-biridan keskin farq qiladi. Amfiblastula bulutsimonlar parenximasida rivojlanib, suv oʻtkazuvchi naychalar orqali tashqariga chiqadi, suv tubiga yopishib, yosh bulut — olintusni hosil qiladi (K Lichinka).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |