Amfibollar
Amfibollar — togʻ jinslari hosil qiladigan silikatlar sinfiga mansub minerallar guruhi. Magniy, temir, kalsiy, baʼzan alyuminiy va ishqorlarning kremniy-kislorodli birikmasi. Umumiy formulasi. Monoklin va ahyon-ahyonda rombik singoniyali. Amfibollar ichki tuzilishi, fizik xususiyatlari va hosil boʻlish sharoitlari bilan boshqa silikatlardan farq qiladi. Amfibollar siyenitlar, dioritlar, gabbro-amfibolitlar, amfi-bolli slaneslar va boshqa tarkibiga kiradi. Amfibollar kimyoviy tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin fizik xususiyatlari bilan oʻzaro oʻxshash. Qattiqligi 5-6,5. Sof ogirligi. 2,8-3,6. Rangi minerallar tarkibidagi temir miqdoriga qarab, oq, sargʻimtir, yashil, qora va qoʻngʻir boʻladi. Amfibollar magmatik, metamorfik jinslarda, skarnlarda paydo boʻladi. Amfibollar vulkan lavalari tarkibida ham koʻp uchraydi. Umumiy miqdori Yer poʻstining qariyb 10% ini (massasi boʻyicha) tashkil qiladi. Ukraina, Uralda topilgan. Amfibollar Oʻzbekistonda juda keng tarqalgan (Olmaliq atroflari, Chatqol togʻlari, Oʻzbekistonning gʻarbidagi volfram, molibden konlari va boshqa joylarda). Amfibollarning baʼzi xillari, jumladan, amfibol-asbestning mayin, egiluvchan tolalaridan oʻtga va kislotaga chidamli materiallar tayyorlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |