Amfilinidlar
Amfilinidlar (Amphilinidae) – yassi chuvalchanglar tipining sinfi. Baliqlar va suv toshbaqalarining tana boʻshligʻida parazitlik qiladi. Tanasi bargeimon yoki tasmasimon, uz. 2-38 sm. Yopishuv organlari va ichagi boʻlmaydi. Germafrodit, jinsiy organlari takrorlanmaydi. Boʻgʻin almashinuv orqali koʻpayadi. Tuxumlari suvda rivojlanadi. Kiprikli lichinkasi (likofora) oraliq xoʻjayini (yonlab suzarlar, oʻn oyoqli qisqichbaqasimonlar) tana boʻshligʻiga oʻtib, metamorfozga uchraydi. Oraliq xoʻjayini bilan birga asosiy xoʻjayini (baliq, toshbaqa) oshqozoniga tushganida uning tana boʻshligʻiga oʻtib oladi va parazitlik qilib voyaga yetadi. Amfilinidlar 1 oilaga mansub 8 toʻrni oʻz ichiga oladi. Bakra baliklarda parazitlik qiluvchi Amphilina foliacea keng tarqalgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |