Aminjon Sulaymonov
Aminjon Sulaymonov | |
---|---|
Tavalludi |
1885-yil |
Fuqaroligi |
Buxoro amirligi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi O‘zbekiston SSR |
Kasbi | Savdogar |
Turmush oʻrtogʻi | Hamro Saidjonova |
Bolalari | Ayubjon, Yaqubjon, Nurulxudo va Surayyo |
Sulaymonov Aminjon — 1885-yilda tugʻilgan, Buxoro shahridan, sobiq quloq, millioner, qorakoʻlteri sotuvchisi, London, Berlin, Eron va Afgʻonistonda jamgʻarma pullari bor, „Milliy ittihod“ millatchi aksilinqilobiy tashkilotning sobiq aʼzosi, hibsga olingan vaqtda aniq mashgʻuloti boʻlmagan. Isyonchi aksilinqilobiy guruh aʼzosi boʻlib, savdogarlarni aksilinqilobiy tarzda tayyorlash bilan shugʻullanganlikda, sovet hokimiyatini tez orada batamom tanazzulga uchrashini aytganlikda ayblangan[1].
Aminjon Sulaymonov 1885-yil Buxoroning Islohot mahallasida tug'ilgan. Maktab va madrasa ta'limidan so‘ng dastlab qoziga kotib, keyin qozi vazifalarida ishlagan. Keyinchalik otasi singari qorako‘l terisi savdosi bilan shug'ullangan. Tez orada Buxoro amirligining chet el bilan savdo qiluvchi xalqaro qorako‘l terisi savdogari sifatida mashhur bo'ladi. Afg‘oniston va Eron orqali Angliyaga, Rossiya imperiyasi hududidan Germaniya davlatiga ko'p miqdorda qorako‘l terisi savdosini muvaffaqiyatli olib boradi. Berlin, London va Moskva banklariga qo'ygan kapitallari bilan “buxorolik millioner”ga aylangan.
Aminjon Sulaymonov 1918–yildan 1922-yilgacha Berlinda yashaydi. Berlinda qorako‘l terisi savdosida avval Buxoro amirligining, so‘ng BXSRning mutlaq monopoliyasini ta’minlashga erishgan. Yevropa banklarida katta miqdordagi pullarini saqlagan. Uning muvaffaqiyatlaridan va obro‘sidan tashvishlangan sovetlar davlati “buxorolik millioner”ni talab bilan qaytarishga kuchi yetmaydi. Uyida yong'in yuz bergani va farzandlari qamoqqa olingani to'g'risidagi bo'xton xabarlarni yo‘llab Aminjon Sulaymonovni zudlik bilan Buxoroga qaytarishga erishadi. Buxoroga kelgandan so'ng SSSRdan xorijga chiqishiga ruxsat berilmaydi. U BXSR hukumati yordamida qorako‘l teri va paxta savdosi bilan shug‘ullanuvchi “Iqbol” savdo o‘rtoqlik shirkatini ochadi, 1922-yildan boshlab 1928-yilgacha shirkatni boshqargan. Aminjon Sulaymonov 1930-yildan boshlab Moskvada NKVD nazoratida uy qamog‘ida saqlanadi. 1937-yil boshlarida Buxoroga qaytadi[2].
Aminjon Sulaymonov 1937-yilning 20-avgustida Buxorodagi uyida aksilinqilobiy tashkilot a’zosi degan ayblov bilan hibsga olinadi. Oila a'zolari hashamatli uyidan quvib chiqarilib, uy NKVDning polkovnik, mayorlari va mulozimlari tomonidan egallab olinadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 475-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.
- ↑ Bahrom Irzayev „“Fayzulla Xo‘jayev xotinimning akasi bo‘lgani uchun jinoyatchi bo‘lib qolamanmi?” – Sho‘ro otuvga hukm qilgan qorako‘lchi monopollarning aybi nima edi“. oyina.uz (2023-yil 7-iyun). Qaraldi: 27-iyul 2023-yil.