Kontent qismiga oʻtish

Amir Xayrbak xonaqohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amir Xayrbak dafn majmuasi, Al-Amir Xayr Bak masjidi-madrasasi yoki Xayrbak masjidi (arabcha: مسجد ومدرسة الأمير خاير بك) – Bab al-Vazir koʻchasidagi diniy majmua. U Misrning Islomiy Qohira qismida joylashgan (Darb al-Ahmar tumani). Majmua dastlab 1502-yilda Misrning Usmoniy hokimi Xayr Bak tomonidan qurilgan maqbaradangina iborat boʻlgan. Keyinchalik unga madrasa va masjid ham qoʻshilgan. Koʻp oʻtmay uning yaqinida Amir Alin Oq saroyi (1293-yilda qurilgan) qurilgan. Atrofda janubi-sharqda Qohira qal’asi, janubi-gʻarbda Amir Alin oq saroyi, shimoli-sharqda Oqsunqur masjidi joylashgan. Bu oʻrta asrlarda qurilgan cherkes (Burji) uslubidagi Mamluk meʼmorchiligining yorqin naʼmunasidir.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjidning ichki koʻrinishi

Tashqi tomonida gul naqshli gumbazli peshtoq, muqarnas bilan qoplangan arkli kirish eshigi, majmuaning shimoliy chekkasiga olib boruvchi yoʻlak va 1884-yildagi zilziladan choʻqqisini yoʻqotgan, ammo 2003-yilda qayta tiklangan minora joylashgan[1].

Ichkari qismi toʻrtburchak shaklda boʻlib, toʻrtta ayvon bilan oʻralgan. Ayvonlarning devorlari madrasa polidan 1,5 metr balandlikdagi marmar mantiya bilan oʻralgan boʻlib, tepasida Fath surasi oyatlari yozilgan. Mehrob janubiy devorning oʻrtasida joylashgan boʻlib, u ikki kichikroq halqa bilan oʻralgan. Bu uchta toʻsin janubiy ayvonning butun maydonini egallagan.

  1. Amir Khayrbak Funerary Complex Retrieved April 6, 2020.