Amir ibn at-Tufayl
Omir ibn al-Tufayl ibn Molik ibn Ja'far Banu amirining boshlig‘i va shoirdir. U Banu Amir qabilasidan boʻlgan, ammo Ja'far ibn Kilab qabilasidan edi. U otasining o'rniga Xasam qabilasi bilan boʻlgan o'zaro urushlarda qabila boshlig'i bo'ladi, ammo jarohatlar va jang maydonidagi muvaffaqiyatsizliklar uni iste'foga chiqishga majbur qiladi. Biroz vaqtdan so'ng amakisi Abu Baraning o'limidan so'ng u rahbar sifatida qayta tiklandi.
Hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Omir ibn al-Tufayl Molik ibn Ja'far oilasiga mansub, Banu Kilab qabilasining Ja'far urug'ining yosh avlodi bo'lib, o'zi ham Banu Omir qabilasining bir qismi edi. 590-yillar va 7-asr boshlarigacha u Banu Amirning koʻplab bosqinlarida faol qatnashgan, ko'p hollarda esa oʻz harbiy qo'shinini boshqargan. Otasi at-Tufayl ibn Molik janubiy Arabistonda Xas'omga qarshi bo'lib o'tgan jangda o'ldirilganidan keyin u qabiladagi harbiy rahbarlikni o'z qo'liga olishiga to'g'ri keladi.
Fayf ar-Rihda Xas’omga qarshi boʻlgan jangda ko‘zidan ayriladi, so‘ngra, u Banu Omirga qo‘mondonlik qilishga yaroqsiz deb topiladi. Qolaversa, bu ayovsiz janglarda u sakkiz-to‘qqizga yaqin qarindoshidan ham ayriladi, Banu Omir ham katta yo‘qotishga uchraydi. Bu yo‘qotishlar uchun Omir ibn at-Tufayl qabila oqsoqollari tomonidan javobgar bo‘lgan va u bilan Ja’far urug‘ining eng katta avlodi Rabi’a boshlig‘i Alqama ibn Ulosa ibn Avf o‘rtasida rahbarlik uchun huquqiy kurash boshlangan. Hakamlar yakuniy qarorga kelmadi, ammo Amir ibn at-Tufayl sud jarayonida qisman shoir al-Oshaning yordami tufayli o'zining yaxshi obro'siga ega bo'ldi. Bu uning amakisi Amir Abu Bara ibn Molik 624/25 yilda vafot etganida, vaziyat uni Ja'far urug'ining boshlig'i bo'lib qayta tiklanishi uchun zaruriyat paydo bo'ladi.
Islom an'analariga ko'ra, Amir Muhammad payg'ambarning shuningdek,badaviylarning ham eng ashaddiy dushmani boʻlgan va Bi'r Ma'unada o'nlab musulmon missionerlarini qirg'in qilgan Sulaymiy qabilalarining ekspeditsiyasini boshqargan, Muhammad va Abu Bara o'rtasida himoya qilish maqsadida tuzilgan sulhni ham buzadi. U Muhammadning o‘ldirilishini ham rejalashtirgani aytib o'tiladi. Bu voqealar anʼanaga bogʻlangan boʻlsa-da, faktlarga asosan, Amir hech qachon islomni qabul qilmagan holda butparast holida vafot etgan.
She'riyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amir ibn at-Tufayl sheʼriyatidan parchalar toʻplanib, devon holiga keltirildi. Ingliz tiliga tarjimasi Asadning “Abid ibn al-Abrasning “Divonlari” va Omir ibn Sa’saning “Omir ibn Attufayl” kitoblarida topilgan. Uning sheʼriyatining koʻp qismi qabila gʻazvasi ya'ni jangchi odoblari bilan qamrab olingan, garchi sharqshunos V.Kaskelning fikricha, baʼzi misralar “oʻz insoniyligi orqali oʻtadi”, ba'zilari esa yoʻq. Devonning 11-sonida, Amir ko‘zi yo‘qolganidan noliydi.