Amirqul Karim
Amirqul Karim | |
---|---|
Tavalludi |
1960-yil 2-sentyabr (63-yosh) Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Yangi qishlogʻi |
Kasbi | shoir |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | OʻzMU |
Janr | sheʼriyat |
Amirqul Karim (1960-yil 2-sentyabr Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Yangi qishlogʻi) — oʻzbek adabiyotining isteʼdodli shoiri[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amirqul Karim 1960-yil 2-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Yangi qishlogʻida tavallud topgan. 1977-yilda oʻrta maktabni tamomlab, oz muddat „Eskianhorkanalqurilish“ trestida faoliyat olib bordi. 1979-yilda Toshkent davlat universiteti (OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. 1983—1985-yillari mobaynida oʻqishini A. S. Pushkin nomidagi Leningrad davlat universitetida davom ettirdi. 1994-yilda Hindiston Javaharlal Neru universitetining Ommaviy axborot vositalari institutini tamomladi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amirqul Karim oʻz mehnat faoliyatini 1985—1989-yillarda „Turkiston“ gazetasida boshladi. „Yosh kuch“ jurnalida boʻlim boshligʻi (1989—1991), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligida hodim, boʻlim boshligʻi (1991—1996), Xalqaro axborot tahririyati Bosh muhariri, Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi raisi (1996—2003) va bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi, „Hurriyat“ gazetasi Bosh muharriri (2002—2003), 2003-yildan Xalqaro „Oltin meros“ xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi lavozimlarida oʻz faoliyatini olib bordi.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1975-yildan matbuotda sheʼrlari, tarjima va publitsistik maqolalari bilan ishtirok etib keladi. „Kuzda gullagan daraxt“, „Oq tunlar“, „Shabnam terayotgan quyosh“, „Ilinj“, „Sening gullaring“ nomli sheʼriy toʻplamlari bor. „Shabnam terayotgan quyosh“ („Yangi asr avlodi“, 2011) sheʼriy kitobida barcha toʻplamlari jamlangan. 2015-yilda uning „Buyuklik yoʻli“, „Koʻk qushlari“, „Tarixning uzilgan parchasi“ nomli sheʼriy va publitsistik asarlari nashr etildi. Uning Vatan, insoniylik, sevgi va sadoqatni madh etuvchi sheʼrlari asosida koʻplab qoʻshiqlar ham yaratilgan[2].
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amirqul Karim tarjima yoʻnalishida ham faoliyat olib borib V. Cherevanskiy, J. Steynbek, V. Visotskiy, Basyo sheʼrlarini ona tilimizga oʻgirgan. „Basyo yurti moʻjizalari“, „Mukammal insonni izlab“ nomli publitsistik maqolalar turkumini, Alisher Navoiy, Bobur sheʼriyati, zamonaviy oʻzbek shoirlari ijodi haqidagi qator maqolalarini nashr etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://ziyouz.uz/ozbek-ziyolilari/amirqul-karim-1960/
- ↑ "Amirqul Karim асарлари, китоблари" https://kitobxon.com/oz/yozuvchi/amirqul_karim