Kontent qismiga oʻtish

Amirzoda maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amirzoda maqbarasi

Amirzoda maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi YuNESKOning Butunjahon merosi obyekti № 603
Turi Maqbara
Meʼmoriy uslubi Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Joylashuvi Samarqand, Oʻzbekiston
Manzili Shohi Zinda koʻchasi 1-uy
Texnik holati
Material Pishiq gʻisht
Map
Xoja Ahmad maqbarasining oʻrni xaritada
Amirzoda maqbarasi

Amirzoda maqbarasi – Samarqanddagi Shohizinda maqbaralaridan biri (14-asr). Maqbara, dafn etilgan shaxsning ismi maʼ-lum boʻlmasada, shartli ravishda Amirzoda maqbarasi deb ataladi. Maqbara peshtoqidagi hoshiyalar orasidagi yozuvda Amirzodaning oʻlgan yiligina (1386) koʻrsatilgan. Maqbaraning asosi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (10x9,2 m). Poygum-baz sakkiz qirrali, gumbazi qobirgʻali. Peshtoqni murakkab islimiy va girih naqshlaridan iborat sirkor parchin va arab yozuvlari bezaydi. Maqbaraning ichi oʻziga xos hashamatli va shinam. Devorlari ganch bilan suvalgan, tokcha, gumbaz osti-dagi ravoqchalar bezagi sodda.[1]

Uzoq yillardan beri bu yerda dafn etilgan shaxsning kimligi maʼlum emas. Ammo „Zafarnoma“da Amir Temurning jiyani deb atalgan bir amirzoda haqida maʼlumotlar bor. Anʼanaga koʻra maqbaraga uning nomi berilgan. Maqbaraga yetti kishi dafn etilgan. Ular Amirzoda va unga tegishli aslzodalar deb taxmin qilinadi. Maqbara devorida Amirzodaning faqat vafot etgan, 1386-yil (hijriy 786) saqlanib qolgan. Maqbaraga zeb berishda koshinkorlik yuqori darajada amalga oshirilgan. Unda guldor, sirkor sopol asosiy oʻrinni egallaydi[2].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amirzoda maqbarasi Amir Husayn maqbarasi roʻparasida joylashgan. Tuzilishi jihatdan, boshqa maqbaralarga xos tarzda gumbazli qilib ishlangan. Arxitektura nuqtai nazaridan maqbara Shodi-Mulk oqo maqbarasi shaklini takrorlaydi.

Maqbaraning oʻlchamlari:

Tashqi tomoni – 10×9,2 m

Ichki qismi – 7,5×7,5 m

Balandligi – 13,5 m[3]

Inshootning qoplamasida asosiy oʻrinni turli naqshli koʻp rangli mayolika egallaydi.

Inshoot devorlari boʻylab koʻk fonda oq harflar bilan yozilgan yozuv mavjud boʻlib, ulardan faqat bir qismi saqlanib qolgan.

Bagʻishlov yozuvi oʻng ustundan boshlanadi, oʻrta qismi yoʻqolgan. Chap ustunda tugaydi. Yozuvning qolgan qismi quyidagicha:

“Ulugʻ va vayronagarchilikdan himoyalangan mustahkam inshootning (qurilishi toʻgʻrisida) buyuk va muhtaram amir... yetti yuz saksoninchi yil, Alloh taolo marhamat qilgan Shavvol oyida... -sakkiz (1386-yil 2—30-noyabr).

1953-yilda maqbaraning gʻarbiy jabhasida poydevorini oʻrganish ishlari oʻtkazilgan. Natijada bu maqbara oʻrnida ziyoratgoh binosi boʻlganligi aniqlangan. Inshootning ichki qismi ham oʻziga xos uslubda bezatilgan. Taʼmirlash ishlari natijasida binoning fusunkorligi yanada ortgan[4].

  1. "Amirzoda maqbarasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Qulmatov Sh, Berdimurodov A. Samarqand yodgorliklari. Самарканд: Имом Бухорий халкаро маркази, 2017 — 39-bet. ISBN 978-9943-4783-8-1. 
  3. Н.Б.Немцова. Ансамбль Шахи-Зинда: история-археология-архитектура XI—XXI в. Самарканд 2019 — 188-bet. ISBN 978-9943-357-47-1. Qaraldi: 9-sentabr 2023-yil. 
  4. „Shohizinda uzra porlar mungli oy & Shohizinda.“ (2018-yil 30-mart). Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.