Ammar masjidi va Usmon Ramju Sadik islom markazi
Masjid | |
Ammar Mosque and Osman Ramju Sadick Islamic Centre
愛群清真寺林士德伊斯蘭中心 | |
Joylashuvi | 22°16′39″N 114°10′44″E / 22.27750°N 114.17889°E |
Yoʻnalishi | Sunniylik |
Meʼmor | Ramju Sadick[1] |
Binokorlik tashabbuschisi | Gonkong Islom Ittifoqi |
Binokorlik | ?—1967[1] 14-sentyabr, 1981-yil (hozirgi bino) | (avvalgi bino)
Ammar masjidi va Usmon Ramju Sadik islom markazi Vikiomborda |
Ammar masjidi va Usmon Ramju Sadik islom markazi (traditional Chinese: 愛群清真寺林士德伊斯蘭中心; simplified Chinese: 爱群清真寺林士德伊斯兰中心; pinyin: Àiqún Qīngzhēnsì Línshìdé Yīsīlán Zhōngxīn) yoki Van Chai masjidi – Gonkongning Van Chai shahridagi masjid va islom markazi[2]. Bu Gonkongda qurilgan uchinchi masjiddir[3]
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk bino
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu masjidning asl binosi Gonkongdagi Seymor koʻchasi 7-uyda joylashgan birinchi musulmon qabristonida boʻlgan. Va u yerda atigi besh-oltita qabr boʻlgan. Oʻsha payt Ammar masjidida janoza namozini oʻqish uchun foydalanilgan. Biroq musulmonlar soni koʻpaygach, masjid yaqinida yashovchi musulmonlar undan kundalik namoz oʻqish uchun ham foydalana boshladilar. Eng qadimgi qabr 1864-yilga toʻgʻri keladi. Keyinroq ushbu joy yahudiy ibodatxonasi uchun ishlatila boshladi va musulmonlar qabristoni Happy Valley musulmon qabristoniga koʻchirildi.
Ikkinchi bino
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi jahon urushidan keyin yangi Ammar masjidi qurildi. 1978-yil dekabr oyida masjid qurilgan yer Britaniya Gonkong hukumati tomonidan Aberdin tunnelini qurish uchun rekvizitsiya qilindi. Hukumat ularga Van Chaidagi Oi Kvan yoʻlidagi Ammar masjidining hozirgi joyidan yangi yer uchastkasini taklif qildi va 2,5 mln dollar toʻladi.
Hozirgi bino
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi masjid binosining qurilishi 1979-yil sentyabrida Gonkong Islom ittifoqi mablagʻlari hisobidan boshlangan va 1981-yil 14-sentabrda rasman ochilgan. 2012-yilda masjid 6 oy davom etgan 14 million Gonkong dollari miqdorida kapital taʼmirlandi. Bunga yangi markaziy konditsioner tizimini, videokuzatuvni oʻrnatish, tashqi boʻyoqning yangi rangi, hojatxona va tahoratxonani yangilash, yangi oʻquv xonalari va boshqalar kiradi[4].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid xitoylik musulmon Ramju Sadik tomonidan loyihalashtirilgan. Masjid markazi sakkiz qavatli majmua boʻlib, birinchi qavatda erkaklar va ayollar uchun tahorat zallari, ikkinchi qavatda masjid erkaklar namozxonasi, uchinchi qavatda ayollar masjidi va xitoy restorani kabi qulayliklar mavjud[5]. Halol novvoyxona, tibbiy xizmatlar, oʻquv xonalari, kutubxona, imom va Qur’on oʻqituvchilari uchun xonalar, toʻrtinchi qavatdan sakkizinchi qavatgacha konferensiya va seminar xonalari bor.
Faoliyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ammar masjidida Gonkong Islom Jamiyati Jamgʻarmasi va Gonkong Islom yoshlari assotsiatsiyasining korporativ vasiylari shtab-kvartirasi joylashgan. Masjidda har dam olish kunlari muntazam ravishda islomiy seminarlar oʻtkaziladi. Shuningdek, Islomni yangi qabul qilganlar va Qur’onni toʻgʻri oʻqish uchun darslar oʻtkaziladi. Vaqti-vaqti bilan masjidga maktab yoki universitet talabalari tomonidan uyushtirilgan sayohatlar uyushtiriladi.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Binoga Van Chai stansiyasidan sharqqa va Causeway Bay stansiyasidan gʻarb tomon piyoda yurish orqali borish mumkin.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gonkongdagi Islom
- Gonkong Islom Jamiyati Jamg'armasining birlashtirilgan vasiylari
- Gonkongdagi masjidlar ro'yxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Ho, Wai-Yip (2002). „Contested Mosques in Hong Kong“. ISIM Newsletter. № 10. 14-bet. hdl:1887/16773.
- ↑ „Mosques in Hong Kong“. islam.org.hk. 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-aprel.
- ↑ Ho, Wai-Yip. Islam and China's Hong Kong: Ethnic Identity, Muslim Networks and the New Silk Road. Abingdon, Oxon: Routledge, 2013. ISBN 978-0-203-51577-8.
- ↑ „Masjid Ammar & O.R. Sadick Islamic Centre“ (PDF). IU Newsletter. September 2012. 3-bet. 5 October 2013da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 24 March 2014.
- ↑ Chang. „Hong Kong Halal Food: Islamic Centre Canteen“. CNN Travel (2010-yil 8-mart). 2014-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-dekabr.