Amorf holat
Qiyofa
Amorf holat – moddaning kondensatlangan holati. Atom va molekulalar tartibsiz joylashganligi tufayli moddaning fizik xossalari izotrop (barcha yoʻnalishlarda bir xil) boʻlishi bilan ifodalanadi. Moddaning kristall holatidan farqli ravishda bunda qattiq Amorf holatdan suyuq holatga oʻtish asta-sekin yuz beradi. Bitum, qahrabo, smola – tabiiy Amorf holatda, oddiy shisha, eritilgan kvars, bakelit – sunʼiy holatda uchraydi. Kristallar aniq temperaturada eriydi. Amorf jismlarda esa qizdirish natijasida ularning yumshoqligi ortadi, qovushoqligi kamaya boradi. Oddiy shishalar uchun bunday holat 500-1000°da davom etadi. Gaz va suyuqlik holatlarini ham Amorf holatiga oʻxshatish mumkin[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |