Kontent qismiga oʻtish

Amplidin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amplidin (lot. „amplisico“ – „kuchaytiraman“ va yun. „dumanis“ – „kuch“), elektr mashina kuchaytirgichi – birlamchi chulgʻamga beriladigan signal quvvatini birlamchi dvigatel energiyasi hisobiga kuchaytiruvchi elektr mashina (oʻzgarmas tok generatori). Uygʻotish zanjirida quvvatning kichik (Vt ulushida) oʻzgarishi tok zanjiridagi quvvatning ancha (bir necha kVt) oʻzgarishiga olib keladi. Amplidin oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok generatorining kuchlanishini rostlashda, avtomatik boshqarish va rostlash tizimlarida keng ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil