Kontent qismiga oʻtish

Amplituda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1 - Amplituda

Amplituda (lotincha: amplitudo – kattalik, miqdor) – muayyan qonunga muvofiq tebranayotgan kattalikning nol qiymatidan eng katta og'ishi. Masalan, mayatnikning muvozanat holatdan og'ishi, oʻzgaruvchan elektr tokida tok kuchi va elektr kuchlanishi qiymatlarining og'ishi va hokazo. Boshqacha aytganda, amplituda tebranish qulochini ifodalaydi. Tebranayotgan kattalik yarim tebranish davrida bir marta eng yuqori qiymatga erishadi. Garmonik tebranishlarda amplituda oʻzgarmaydi: u doimiy bir xil qiymatga ega boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil