Kontent qismiga oʻtish

Anʼana

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anʼana — oʻtmishdan kelajak-ka meros qoladigan, avloddan avlodga oʻtadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon boʻladigan moddiy va maʼnaviy qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa A.lar bor. A.lar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli A.larning shakllani-shiga taʼsir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq meʼyorlari, urf-odat, marosim va boshqa A. sifatida namoyon boʻladi. A.larni: a) ijtimoiy-tarixiy hodisa; b) jamiyat hayotidagi jarayonlarning tarkibiy qismi; v) kishilar hayoti va faoliyatini belgilash mezoni; g) jamiyat va odamlarni boshqarishning maʼnaviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin. A.lar yoshlarni tar-biyalash, ularni keksa avlod tajribalariga oʻrgatish vositasi hamdir. Har bir davrning oʻz A.lari boʻlib, vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib, mazmunan boyib boradi, baʼzilari yoʻqoladi, yangilari vujudga keladi. Shuningdek, bir zamonning A.lari ikkinchi zamonga mos kelmasligi mumkin. Davr talabiga javob bermaydi-gan A.lar unutiladi. Har bir xalqning A.larida oʻsha xalqning turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi, milliy ong va qiyofasi ham aks etadi. Bir hudud aholisi yoki xalqiga xos A.larga har xil mafkuraviy, partiyaviy nuqtai na-zardan yondoshish, boshqa hudud yoki xalq nuqtai nazaridan baholash notoʻgʻri. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan 570soʻng sobiq shoʻrolar tuzumida joriy etilgan A.viy bayram va tantanali kunlarning koʻplari oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Oʻzbek xalqining qadimdan tarkib top-gan, hozir ham keng amal qilinadigan A.lari bor. Bular jumlasiga keksalarga hurmat, qarindosh-urugʻ, mahalla-koʻy bilan oqibatli, yaqin aloqada boʻlish, el-yurtga sadoqat, hashar, mehmondoʻstlik, nonni eʼzozlash va boshqa kiradi. Oʻzbekistonda Navroʻz, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Roʻza hayiti, Qurbon hayiti va boshqa xalq bayramlari yaxshi A.lar sifatida hayotga singib ketdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil