Kontent qismiga oʻtish

Anʼanaviy qonun cholgʻusi ijrochiligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anʼanaviy qonun cholgʻusi ijrochiligi
Muallif(lar) Abdurahmon Xoltojiyev
Muharrir(lar) R.Qosimov
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Nashr etilgan sanasi 2005-yil

Anʼanaviy qonun cholgʻusi ijrochiligichangchi va qonunchi sozanda, Oʻzbekiston Konservatoriyasi professori Abdurahmon Xoltojiyevning qonun cholgʻusini ijro etishni oʻrganish uchun darslik[1].

Oʻzbekiston Konservatoriyasi dotsenti, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi Saibjon Begmatov va “Hamza Hakimzoda Niyoziy” nomidagi Respublika musiqa kolleji oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi Temur Mahmudov ushbu darslikka taqriz yozgan. 2005-yil Toshkentda nashr etilgan.

Mazkur darslik qonun cholgʻusi ijrochiligi boʻyicha saboq olayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun moʻljallangan. Unda qonun cholgʻusi haqida tarixiy maʼlumotlar, cholgʻuning tarkibiy tuzilishi, ijrochilik uchun muhim hisoblangan uslubiy tavsiyalar va amaliy dasturlar munosib oʻrin olgan.

  1. Abdurahmon Xoltojiyev. Anʼanaviy qonun cholgʻusi ijrochiligi. R.Qosimov: , Toshkent, 2005 — 82-bet.