Kontent qismiga oʻtish

An-Navier masjidi

Koordinatalari: 6°08′29″S 106°48′16″E / 6.141518°S 106.804522°E / -6.141518; 106.804522
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
An-Navier masjidi
Masjid An-Navier
An-Navier masjidining kirish qismi
Mamlakat  Indoneziya
Shahar Jakarta
Koordinatalar 6°08′29″S 106°48′16″E / 6.141518°S 106.804522°E / -6.141518; 106.804522
Asosiy sana:
1760
Bino maydoni 1,500 square meters
Hajmi 1000 kishi

An-Navier masjidi (indonezcha: Masjid An-Navier) Indoneziyaning Jakarta shahridagi eng qadimiy masjidlardan biri. U Jakartaning Tambora tumanidagi Pekojan shahrida joylashgan. Masjid Jakartadagi arab sivilizatsiyasining ramzi hisoblanadi[1]. Masjid katta va qadimiy meʼmorchilik anʼanalariga xos tarzda, Gʻarbiy Jakartadagi aholi zich joylashgan aholi punktida ajoyib tarzda bunyod etilgan. Bu aholi punkti bir vaqtlar aholisining asosiy qismini arablar, Yaman va Hindistondan kelgan muhojirlardan tashkil topgan hudud boʻlgan. Arablar soni endi juda oz boʻlsa ham, Pekojanda hozirgacha ularning ayrim avlodlarni topish mumkin.

Bu masjid avval 1760-yilda Hadramautdan (Yaman) kelgan Sayid Abdulloh bin Husaym Alaydrius tomonidan qurilgan[1]. Taʼkidlanishicha, masjidni quruvchi inson Islom paygʻambari Muhammadning avlodidan boʻlgan[2]. Masjidda bir qancha taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilgan.1800-yillardagi taʼmirlash ishlari masjid koʻrinishga juda katta oʻzgarish kiritgan. 1850-yilda masjidni kengaytirish Bantenlik qoʻmondon Dahlan tomonidan amalga oshirildi. 1897-yilda esa masjidni kengaytirish uchun yer ajratilgan[3].

Masjidning namoz binosi L shaklida qurilgan. Masjid 2000 kvadrat metrga yaqin yer maydoni va 1500 kvadrat metr qurilish maydoniga ega boʻlib, 1000 nafar ziyoratchini oʻzida sigʻdira oladi. Masjidning shimoliy, janubiy va sharqiy tomondan uchta kirish joyi mavjud. Masjidda 33 ta ustun oʻrnatilgan. Zaldada 1871-yilda Pontianak sultoni tomonidan hadya qilingan minbar joylashtirilgan. Masjid minorasi mayoqqa oʻxshab ketadi.

  1. 1,0 1,1 „Masjid An Nawier, Simbol Peradaban Arab di Kampung Pekojan“. Kompas. Qaraldi: 2017-yil 11-avgust.
  2. „Masjid Jami' An Nawier, Berusia Lebih Dua Abad dan Dibangun Keturunan Nabi Muhammad“. Tribunnews. Qaraldi: 2017-yil 11-avgust.
  3. „Masjid Jami AnNawier Pekojan Jakarta“. 2017-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-avgust.