An-Nur masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Indoneziya |
Koordinatalar | 0°31′36″N 101°27′03″E / 0.5267°N 101.4508°E |
Binokorlik | 1963—1968 |
Hajmi | 4,500[1][2] |
Gumbazlar soni | 10 |
Gumbazlar soni | 10 |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
An-Nur masjidi Vikiomborda |
An-Nur masjidi – Indoneziya, Riau, Pekanbaru shahrida joylashgan masjid. Qurilish 1963-yilda boshlangan va 1968-yilda yakunlangan. Masjid 4500 ga yaqin namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Bu Indoneziyadagi eng katta masjidlardan biridir. Masjid turli meʼmoriy uslublarning taʼsiriga ega, jumladan: malay, turk, arab va hind meʼmorchiligi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 1968-yil 20-oktyabrda qurib bitkazilgan. U Riau gubernatori Arifin Ahmad tomonidan ochib berilgan. 2000-yilda u gubernator Solih Djasit davrida qayta taʼmirlangan, masjidning maydoni 3 gektardan 4 gektardan 12,6 gektargacha koʻpaytirilgan. Taʼmirlash ishlari tufayli Hang Tuah futbol stadioni buzib tashlangan[3].
Masjid bir paytlar Usuluddin Davlat Islomshunoslik Instituti (IAIN) Sulton Syarif Qosim Pekabaru fakulteti tashkil etilganidan to 1973-yilgacha kampusvazifasini oʻtagan.
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meʼmoriy jihatdan An-Nur masjidi qurilishi Toj Mahalga oʻxshab ketadi. Masjid Ir Roseno tomonidan loyihalashtirilgan. Bino uch qavatdan iborat: yuqori qavat namoz uchun, pastki qavat esa ofis va majlis xonalari bilan toʻldirilgan[4]. Yuqori qismida katta xonalar va zal mavjud. Pastki qavatda Kengash kotibiyati va sinf xonasi joylashgan. Bino birinchi va ikkinchi qavatlarini birlashtiruvchi eskalatorlar bilan jihozlangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Indoneziya arxitekturasi
- Islom arxitekturasi
- Indoneziyada islom
- Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati
- Al-Nur masjidi (Santo-Domingo)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ AN-NUR SIMAS. Retrieved May 1, 2021.
- ↑ Masjid Agung An-Nur. Dunia Masjid. Retrieved May 1, 2021.
- ↑ Mengenal Sejarah Masjid Agung An-Nur Hingga Disebut Taj Mahal Pekanbaru (indonez), qaraldi: 14 May 2017
- ↑ „Masjid Agung An-Nur, Masjid Kebanggaan Masyarakat Riau“ (2012-yil 17-iyul). 2014-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-aprel.