Kontent qismiga oʻtish

Ana-Maria Crnogorčević

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ana-Maria Crnogorčević
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ana-Maria Crnogorčević[1]
Tavallud sanasi 3-oktyabr 1990-yil (1990-10-03) (34 yosh)
Tavallud joyi Steffisburg, Shveysariya
Boʻyi 175 cm (5 ft 9 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Barcelona
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2004 FC Steffisburg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2009 FC Rot-Schwarz Thun
2009 FC Thun
2009—2010 Hamburger SV 39 (13)
2011—2018 FFC Frankfurt 112 (21)
2018—2019 Portland Thorns FC 34 (6)
2019– Barcelona 53 (9)
Milliy terma jamoa
2009– Shveysariya 125[2] (61)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16-may 2022-yil uchun)

Ana-Maria Crnogorčević (1990-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — shveysariyalik futbolchi. U Ispaniyaning \Barselona klubida hujumchi va oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi va Shveysariya ayollar terma jamoasini himoya qiladi. Bosh bilan toʻpni boshqarish qobiliyatiga ega tezkor futbolchi[3]. Crnogorchevich Ramona Baxman bilan birga Shveysariyaning eng iqtidorli ayol futbolchilaridan biri sanaladi[4][5].

Klubdagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Crnogorcevich klubdagi faoliyatini 11 yoshida FC Steffisburgda boshlagan. 2004-yilda u FC Rot-Schwarz Thunga, keyin esa FC Thunga oʻtdi. 2009-yilda u Rot-Shvartsga Shveysariya kubogi finalida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Crnogorcevich FC Schlieren ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda xet-trik qayd etgan[6]. U milliy ligada 24 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurar boʻldi[6]. 2009-yil sentyabr oyida Germaniya Bundesliga jamoasi Hamburger SVga qoʻshildi. U HSV uchun debyutini 27-sentyabr kuni SG Essen-Schönebekda 3:2 hisobida gʻalaba qozongan holda oʻtkazdi. Crnogorcevich Germaniyadagi birinchi mavsumini 19 oʻyinda 8 gol bilan yakunladi[7].

U 2018-yilgi Milliy ayollar futbol ligasi mavsumi oldidan Portlend Torns FC bilan shartnoma imzoladi[8][9]

2019-yil dekabr oyida Crnogorcevich Barselona bilan shartnoma imzoladi[10]

Xalqaro karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki fuqarolikka ega boʻlgan Crnogorcevich 17 yoshida Xorvatiya terma jamoasida oʻynashni rad etdi[11] Buning oʻrniga u Shveysariya U19 terma jamoasi uchun 29 oʻyinda 25 ta gol urdi[3]. 2009-yilda Belarussiyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida jamoasi bilan yarim finalgacha yetib bordi. 2009-yil 12-avgustda u Shvetsiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi[12]. 2010-yil avgust oyida u Qozogʻiston ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozongan Jahon chempionati saralashida beshta gol urgan[13].

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hamburger SV 2009–10 Frauen-Bundesliga 19 8 1 0 20 8
2010-11 20 6 2 2 4 1 26 9
Jami 39 14 2 2 4 1 46 17
FFC Frankfurt 2011–12 Frauen-Bundesliga 15 8 3 2 8 3 26 13
2012-13 15 2 0 0 15 2
2013-14 22 4 5 1 27 5
2014-15 20 1 3 0 9 0 32 1
2015-16 18 0 2 0 7 1 27 1
2016-17 12 4 1 0 13 4
2017–18 14 2 3 0 17 2
Jami 116 21 17 3 24 4 157 28
Portland Thorns FC 2018 NWSL 22 5 22 5
2019 12 1 12 1
Jami 34 6 34 6
Barcelona 2019–20 Primera División 6 0 3 0 2 0 0 0 11 0
2020–21 27 4 2 0 1 0 5 0 35 4
2021–22 20 5 2 1 0 0 9 1 31 7
Jami 53 9 7 1 3 0 14 1 77 11
Karyerada Jami 242 50 27 6 7 1 38 5 314 62

ShveysariyaFK Rot-Shvarts Tun

  • Shveysariya kubogi : gʻolib, 2009-yil

Germaniya Frankfurt FFC '

  • DFB-Pokal : Gʻolib, 2014-yil
  • UEFA ayollar chempionlar ligasi : Gʻolib, 2015-yil

Qoʻshma Shtatlar Portlend Torns

  • NWSL chempionati : Ikkinchi oʻrin, 2018-yil

Ispaniya FC Barselona

  • Primera : 2019–20, 2020–21, 2021–22
  • UEFA ayollar chempionlar ligasi : 2020–21[14]
  • Femenina Superkubogi : 2019–20, 2021–22
  • Copa de la Reina : 2019–20, 2020–21, 2021–22

Shaxsiy yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Shveysariya milliy ligasi eng yaxshi toʻpurar: 2009-yil
  1. „FIFA Women's World Cup Canada 2015 – List of Players: Switzerland“. FIFA (6-iyul 2015-yil). 8-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2019-yil.
  2. „Profile“. FIFA.com. 9-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2015-yil.
  3. 3,0 3,1 Michael Krobath. „Ana Crnogorcevic: "I Don't Have the Figure for It"“. Credit Suisse (7-sentyabr 2010-yil). 2011-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentyabr 2010-yil.
  4. „Ana Marie (18): Wir haben die schönste Bundesliga-Spielerin!“ (olmoncha). Blick (30-sentyabr 2009-yil). 19-sentyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentyabr 2010-yil.
  5. „Swiss outsiders thinking big“. FIFA.com (12-may 2010-yil). 21-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentyabr 2010-yil.
  6. 6,0 6,1 Erik Garin. „Switzerland (Women) 2008/09“. RSSSF.com (31-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 29-sentyabr 2010-yil.
  7. „Ana-Maria Crnogorcevic“ (olmoncha). Framba.de. 24-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentyabr 2010-yil.
  8. „Portland Thorns sign Swiss forward Ana-Maria Crnogorcevic“. Oregon Live (21-mart 2018-yil).
  9. „Instagram“. Ana-Maria Crnogorcevic (22-mart 2018-yil). 2020-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2022-yil.
  10. „Schweizer Nationalspielerin Crnogorcevic unterschreibt bei Barça“ (olmoncha). 4-4-2.com (4-dekabr 2019-yil).
  11. Michael Krobath. „Ana Crnogorcevic: "I Don't Have the Figure for It"“. Credit Suisse (7-sentyabr 2010-yil). 2011-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentyabr 2010-yil.Michael Krobath (7 September 2010).
  12. „Portrait“ (olmoncha). Football.ch. 28-sentyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentyabr 2010-yil.
  13. „Switzerland 8–0 Kazakhstan“. UEFA.com. 4-sentyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentyabr 2010-yil.
  14. „Chelsea 0-4 Barcelona: Barça surge to first Women's Champions League title“. UEFA.com (16-may 2021-yil). Qaraldi: 16-may 2021-yil.