Kontent qismiga oʻtish

Anabaptistlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anabaptistlar (yun. anabaptizo — qayta choʻqintiraman) — 16-asrda Ger-maniya va Shveysariyada paydo bulgan plebeylar (yuqsillar) harakati taraf-dorlari. A. cherkov erkin bulishi, uning ishlariga davlat aralashmasligi va kishi esini tanigandan keyin choʻqintirilishi lozim degan talabni olga suradi. A. „yaqinda qiyomat boshlanib, hammayoq agʻdar-tuntar boʻladi“, deb ishonar, sud, xukumatga itoat etishni, harbiy xiz-matni rad qilardilar. Germaniyadagi dehqonlar urushi (1524-26) va Tomas Myunser taʼsirida A. bir qismi faol inqilobiy harakatga oʻtdi. A. taʼli-moti Germaniya, Niderlandiya va Shvey-sariyada tez yoyildi. Dehqonlar urushi magʻlubiyatga uchragach, A. taʼqib ostiga olindi. Taʼqib qilishlar 18-asr ga qadar davom etdi. A.ning qarashlari ayrim protestant mazhablari aqidalariga sin-gib ketdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil