Kontent qismiga oʻtish

Anadir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anadir
Tavsif
Uzunligi 1 150
Maydoni 191 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Anadir

Anadir (chukcha tili: Йъаайваам) — Rossiya Federatsiyasining Magadan viloyati Chukotka muxtor okrugidagi daryo. Uzunligi 1150 km. Havzasining maydoni 191 ming km². Anadir yassi togʻligidan boshlanib, Bering dengizining Anadir qoʻltigʻiga quyiladi. Bosh qismida togʻlar orasidan, quyirokda tekislikdan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 1680 m³/sek. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Qishda muzlaydi. Eng katta irmoqlari: chapdan — Belaya, Tanyurer, oʻngdan — Yablon, Yeropol, Mayn. A.da 570 km masofada kema qatnaydi. Quyi oqimida baliq ovlanadi. 1648-yilda sayyoh S. I. Dejnyov A.ning quyilish yerigacha yetib borgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil