Kontent qismiga oʻtish

Ananas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ananas (Ananas) – ananasdoshlar (Bromeliaceae) oilasiga mansub oʻtlar turkumi (urugʻi). 5 – 6 turi maʼlum. Asosan, Amerika qitʼasining tropik hududlarida va Osiyoning Filippin, Tayvan orollarida oʻsadi. Barglari qalin, uzun, xanjarsimon. Ekiladigan ananas (Sativus) Amerika va Tayvandan boshqa joylarda ham oʻsadi. Bu toʻrning mevasi qubba shaklidagi toʻp mevadan iborat, ogʻirligi 2 – 5 kg, tusi sargʻish, xushxoʻr. Hoʻl meva yoki konserva holida isteʼmol qilinadi. Baʼzi turlarining barglaridan ipaksimon nozik tolalar ham olinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil