Kontent qismiga oʻtish

Anaplazma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anaplazma (Anaplazma) – bir hujayrali sodda organizm. Tanasi yumaloq, diametri 1 mkm gacha. Anaplazma nuqtadek boʻlib, qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni jarohatlaydi. Anaplazma faqat mikroskopda koʻrinadi. Eritrositda 1 – 4 tagacha Anaplazma boʻlib, koʻpincha uning chetida joylashadi. Anaplazma oddiy boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi va anaplazmoz kasalligini qoʻzgʻatadi. Qoramol va qoʻy-echkilar qonida parazitlik qiladi.

Anaplasma centrale
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil