Kontent qismiga oʻtish

Anastasia Cannuscio

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anastasia Cannuscio
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 1-iyul 1992-yil (1992-07-01) (32 yosh)
Philadelphia, Pennsylvania
Boʻyi 1.57 m (5 ft 2 in)
Sherigi Colin McManus
Jamoasi UDFSC Newark
Uchishni boshlagan 1995
Yakunlagan 2017
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 143.67
Qisqa raqs 55.72
Erkin raqs 90.75

Anastasia Cannuscio (talaffuzi: Anastasiya Kannussio; 1992-yil 1-iyulda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Colin McManus bilan birga 2013-yilgi Ice Challenge musobaqasining chempioni, Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Challenger seriyasining uch karra bronza medali sohibi va 2016-yilgi AQSh milliy chempionatining qalay medali sovrindori boʻlgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anastasia Cannuscio Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida dunyoga kelgan. U amerikalik muz raqqosasi Isabella Cannuscioning singlisi.

Cannuscio 2008-yilning mart oyidan boshlab Colin McManus bilan juftlik hosil qilgan. Juftlikka Karen Ludington, Christie Moxley-Hutson va Delaver shtatining Newark shahrida joylashgan Delaver universitetida Aleksandr Kirsanov murabbiylik qilishgan. Juftlik 2009-yilning kuzida Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Grand-Pri musobaqasida debyut qilgan[1].

Cannuscio / McManus juftligi 2010-yilda Fransiyada oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida kumush medal va 2011-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ular 2011-yilgi O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanma qoʻlga kiritgan va chempionatda 7-o‘rindan joy olgan[2].

Cannuscio / McManus juftligi oʻzining kattalar toifasidagi debyutini 2011 Ondrej Nepela Memorial musobaqasida qilgan. Juftlik oʻzlarining ilk 2012 Skate America musobaqasida yettinchi oʻrinni egallagan. Keyingi mavsumdagi 2013-yilgi Ice Challenge turnirida oltin medalni qoʻlga kiritganlar[3].

2014 — 2015-yilgi mavsumda Cannuscio / McManus juftligi Finlandiya Trophy va US International Classic musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik 2014 Skate America musobaqasida va 2015-yilgi AQSh chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan[4].

Cannuscio / McManus juftligi 2016-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2017-yilning may oyida konkida uchish faoliyatini tark etishlarini eʼlon qilgan.

(McManus bilan)

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2016 — 2017

  • Blues: Harlem Nocturne

Duke Ellington

  • Hip hop: Puttinʼ On The Ritz
  • Time

Billy Porter

  • Beyond The Sky

Karl Hugo

  • Time

Billy Porter

2015 — 2016

Cinderella

Sergey Prokofiyev
  • Waltz: No 37 Waltz-Coda
  • March: No 18 The Clock
  • Ninth Symphony
  • Moonlight Sonata
  • Fifth Symphony

Ludwig van Beethoven

2014 — 2015

  • Paso doble: Hora Zero

Rodrigo y Gabriela

  • Flamenco: Ameksa

by the Taalbi Brothers

  • Danse macabre

Arthur Fiedler

  • Transylvanian Lullaby

Gil Shaham

  • Danse macabre

Arthur Fiedler

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

McManus bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro
Musobaqa 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17
GP Chinese Cup 7
GP NHK 6 8
GP Skate America 7 5 5
CS Finlandiya 3
CS Nebelhorn 3
CS Ondrej Nepela 7
CS US Classic 6 8 3
Ice Challenge 1
Ondrej Nepela 5
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionatlari 7
JGP Belarusiya 7
JGP Fransiya 2
JGP Yaponiya 4
JGP Turkiya 7
Milliy
AQSh chempionati 3-J 6 6 7 5 4 6
J = Oʻsmirlar darajasi
  1. Ashe, Kelly. „Egg Harbor Township's Anastasia Cannuscio earns a berth in a world championship ice dancing event“. The Press of Atlantic City (2011-yil 1-fevral). Qaraldi: 2013-yil 21-sentyabr. „But Egg Harbor Township's Anastasia Cannuscio and her partner, Colin McManus, will get one more opportunity to perform at the 2011 World Junior Figure Skating Championships in Gangneung, South Korea, Feb. 28-March 6.“.
  2. Brannen, Sarah S.. „The Inside Edge: Edmunds returns following layoff“. IceNetwork.com (2017-yil 11-may). 2017-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  3. Slater, Paula. „Rejuvenated, Cannuscio and McManus push ahead“. Golden Skate (2014-yil 4-oktyabr).
  4. Backman, Daphne. „Ludington & Moxley rebuilding UD ice dance program“. ice-dance.com (2015-yil 8-aprel). 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-may.