Kontent qismiga oʻtish

Anatoliy Suslov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anatoliy Suslov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anatoliy Ivanovich Suslov
Tavallud sanasi 26-avgust 1946-yil (1946-08-26) (78 yosh)
Tavallud joyi Moskva viloyati, RSFSR
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
?—1964 Dinamo (Moskva)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1964—1969 Dinamo (Moskva) 9 (1)
1969—1970 Dinamo (Barnaul) 63 (3)
1971 Paxtakor 8 (0)
1972—1979 Dinamo (Barnaul) 225+ (18)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Anatoliy Ivanovich Suslov (ruscha: Суслов, Анатолий Иванович; 1946-yil 24-fevral, Stupino, Moskva viloyati) – sovet futbolchisi, yarim himoyachi („dispetcher“) pozitsiyasida oʻynagan. SSSR Oliy ligasida 17 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.

Anatoliy Moskvaning „Dinamo“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, RSFSR yoshlar terma jamoasi sardori boʻlgan va 1964-yilda Butunittifoq yoshlar musobaqasi gʻolibi boʻlgan[1]. 1964-yildan koʻk-oqlar oʻrinbosarlari oʻyinlarida ishtirok etishni boshlagan va keyingi olti mavsumda oʻrinbosarlar chempionatida 117 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. Anatoliy 1965-yil 16-oktyabrda „Odessa Chernomorets“ jamoasiga qarshi oliy liga oʻyinida „Dinamo“ jamoasining asosiy jamoasida debyut qilgan[2]. Professional faoliyati davomidagi birinchi golini 1967-yil 28-avgustda Kuybishevning „Krilya Sovetov“ jamoasi darvozasiga kiritgan[3]. Oʻzining iqtidori va murabbiylarning uning imkoniyatlarini yuqori baxolaganiga qaramay, „Dinamo“ jamoasining asosiy jamoasida oʻz oʻrniga ega boʻlmagan. 1967-yil Dinamo jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Konstantin Beskov Anatoliyning oʻyin uslubini yoqtirmagan. Hammasi boʻlib „oq-koʻklar“ jamoasi tarkibida oliy ligada 9 ta oʻyin (1 ta gol), SSSR kubogida 2 ta oʻyin va 11 ta oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etgan.

1969-yilgi mavsumda Anatoliy Barnaulning Dinamo jamoasiga oʻtgan va u yerda ikki mavsum davomida oʻynagan. 1971-yili Toshkentning „Paxtakor“ klubi safida oliy ligada oʻynagan va sakkizta oʻyinda maydonga tushgan. 1972-yilda u Barnaulga qaytib, yana sakkiz mavsum mahalliy jamoada oʻynagan va jamoa sardori boʻlgan. Umuman olganda, Suslov milliy chempionatlarda Barnaul jamoasi uchun 300 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan (1978-yilgi mavsumni hisobga olmaganda 288 ta, oʻtkazilgan oʻyinlar haqida maʼlumot yoʻq).