Anbar bibi maqbarasi
Anbar bibi maqbarasi — Zan-gi ota majmuasi tarkibidagi maqbara. Toshkent yaqinidagi Zangi ota qishlogʻida barpo etilgan (15-asr boshlarida). Zangi ota maqbarasi qatori bu yodgorlik ham Amir Temur zamonasi me’morchilik anʼanasining yorqin namunasidir. Rivoyatlarga qaraganda, maqbara Zangi otaning xotini Anbar bibining qabri ustiga qurilgan. Maqbara ichidagi ikkinchi qabr Anbarbibining avvalgi qaynanasi Ulugʻposhshoniki. Anbar bibi maqbarasi m. keyingi asrlardagi taʼmirlanish oqibatida hozir oʻzining asli holatini deyarli yoʻqotgan. Anbar bibi xalq orasida afsonaviy shaxsga aylangan. U kishining ruhiga bagʻishlab oʻtkaziladigan urf-odat va ma-rosimlarning koʻpchiligi suv toshqini, bola tugʻilishi va hosildorlik bilan bogʻliq boʻlgan. Anbar bibi maqbarasi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |