Kontent qismiga oʻtish

And Then We Danced

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
And Then We Danced

Film posteri
Rejissyor(lar) Levan Akin
Prodyuser(lar)
  • Mathilde Dedye
  • Ketie Danelia
Ssenariynavis(lar) Levan Akin
Rollarda
  • Levan Gelbakhiani
  • Bachi Valishvili
Bastakor(lar) Zviad Mgebry
Kinematografiya Lisabi Fridell
Muharrir(lar)
  • Levan Akin
  • Simon Carlgren
Studiya(lar)
  • French Quarter Film
  • Takes Film
  • AMA Productions
  • RMV Film
  • Inland Film
Distribyutor
  • TriArt Film (Shvetsiya)
  • ARP Sélection (Fransiya)
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 105 daqiqa
Mamlakatlar
Til gruzincha
Daromadi $580,075[2][3]

And Then We Danced — 2019-yilda Levan Akin tomonidan suratga olingan drama janridagi film. Ushbu film 2019-yilgi Cannes film festivalida namoyish etildi[4][5] va u yerda oʻn besh daqiqalik olqishlarga sazovor boʻldi.[6] Shu yili ushbu kartina Cannesda namoyish etilgan eng yaxshi filmlardan biri boʻldi.[7] Film 92-Akademiya mukofotlash marosimida „Eng yaxshi xalqaro badiiy film“ sifatida tanlandi, biroq ushbu kartina bu nominatsiyaga nomzod ham boʻlmagan.[8][9] Gruziyada filmning namoyishi noroziliklarga sabab boʻldi, sababi filmda geylar oʻrtasidagi ishqiy munosabatlar tasvirlangan.[10]

Merab (Levan Gelbakhiani) — sherigi hamda yolgʻonchi qiz doʻsti Mary (Ana Javakhishvili) va uning qonunbuzar ukasi David (Giorgi Tsereteli) bilan birgalikda Gruziya milliy ansamblida raqsga tushgan yosh yigit. Kunlardan bir kun raqqosa Irakli (Bachi Valishvili) kelishi bilan mashgʻulot toʻxtatiladi. Irakli xoreograf boʻlib, u Aleko (Kakha Gogidze) bilan bir qatorda boshqa raqqoslarning qatoriga kirgan boʻlsa-da, biroq oʻzining mohir va isyonkor munosabati bilan oʻzini tabiiy isteʼdod egasi ekanligini qisqa fursatda isbotlaydi. Merab dastlab Iraklining isteʼdodiga shubha qiladi, chunki Irakli unga nisbatan ancha kam vaqt davomida raqsga tushgan, ammo ikkalasi erta tongda birgalikda mashq qilishni boshlar ekan, ular bir-biriga asta-sekinlik bogʻlana boshlaydilar.

Merab onasi bilan birgalikda ilgari raqs ansambli tarkibida boʻlgan otasi yoniga boradi. Otasi uni ehtirosidan voz kechib, maktabga borishini iltimos qiladi, chunki raqsdan kelajak yoʻq deb hisoblar edi. Bundan tashqari, Aleko ularning oilasini xush koʻrmaydi, natijada ess unga va Davidga nisbatan gʻarazli munosabatda boʻladi. Ayni paytda Merab va Irakli doʻstlashadilar va Merab unga tobora koʻproq bogʻlanib qoladi. Doʻstlar bilan Maryning uyiga borishgan bir chogʻda, Merab va Irakli oʻzaro qiziqishlarga berilib, jinsiy aloqada boʻlishadi; ular aqlli boʻlib koʻrunsa-da, Mary ularning yaqinligidan shubhalanadi. Juftlik oʻzaro munosabatlarini muhokama qilmasa ham, Merab hissiyotlarini yetkazish vositasi sifatida Irakli uchun oʻz uslubida raqs ijro etadi.

  • Levan Gelbakhiani roli Merab
  • Ana Javakishvili roli Mary
  • Anano Makharadze
  • Bachi Valishvili roli Irakli
  • Giorgi Tsereteli roli David
  • Ninutsa Gabisonia
  • Tamar Bukhnikashvili roli Teona
  1. 1,0 1,1 1,2 „And Then We Danced“. Cineuropa. Qaraldi: 20-iyun 2020-yil.
  2. „And Then We Danced“. The Numbers. Qaraldi: 18-mart 2020-yil.
  3. „And Then We Danced“. Box Office Mojo. Qaraldi: 18-mart 2020-yil.
  4. Keslassy, Elsa „Cannes: Deerskin With Jean Dujardin to Open Directors' Fortnight“ (inglizcha). Variety (4-aprel 2019-yil). Qaraldi: 19-aprel 2019-yil.
  5. Goodfellow, Melanie „Cannes Directors' Fortnight unveils genre-heavy 2019 selection“. ScreenDaily. Qaraldi: 23-aprel 2019-yil.
  6. https://www.standard.co.uk/go/london/film/and-then-we-danced-film-georgia-a4380816.html
  7. http://cannes-ratings.herokuapp.com/Cannes2019?t=131#131[sayt ishlamaydi]
  8. Lindblad, Helena „Oscarsbidraget And then we danced ligger helt rätt i tiden“. Dagens Nyheter (28-avgust 2019-yil). Qaraldi: 28-avgust 2019-yil.
  9. Dalton, Ben „Sweden submits Cannes title 'And Then We Danced' for international feature Oscar“. ScreenDaily (28-avgust 2019-yil). Qaraldi: 28-avgust 2019-yil.
  10. „And Then We Danced: Georgian film that sparked protests“. BBC News. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.