Andijon Mashinasozlik Instituti akademik litseyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi
(AndMI AL)
Asl nomi Andijon Mashinasozlik Instituti akademik litseyi
Xalqaro nomi Academic Lyceum of Andijan Machine-Building Institute
Asos solingan 2005yil
Oʻquv yurti turi Akademik litsey
Talabalari 378 ta
Manzili Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston:Andijon shahar, Amir Temur koʻchasi,5 uy
Vebsayti https://https://Litsey.andmiedu.uz

Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim Markazi direktorining 2005-yil 22-avgustida 196-sonli buyrugʼi asosida Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi 2-akademik litsey oʻrta maxsus taʼlim muassasasi sifatida tashkil etilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2011 yil 29-iyulidagi № 319-sonli buyrugʼi asosida Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi 2-akademik litsey nomiga oʼzgartirilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26-sentyabridagi PQ 3290-sonli qarori bilan 2017 yil 17-noyabridan Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi deb nomlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi Binosi Andijon viloyati Andijon shahri Amir Temur ko‘chasi 5 uyda joylashgan bo‘lib uch qavatdan iborat bo‘lib, 720 o‘ringa mo‘ljallangan. Muassasaning umumiy yer maydoni 17121,7 kv.m ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 29-iyuldagi № 319-sonli buyrug‘i asosida Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi 2-akademik litsey nomiga o‘zgartirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26-sentyabrdagi 3290-sonli qarori bilan 2017-yil 17-noyabrdan Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi deb nomlangan. Akademik litseyning tashqi hududida  o‘quvchilar uchun bitta tashqi futbol maydoni  400 o‘rinli tomoshabinlar uchun maxsus joylar, sportning yengil atletikasi uchun mo‘ljallangan  yugurish yo‘laklari, 12 o‘ringa mo‘ljallangan o‘g‘il va qizlar uchun alohida tashqi hojatxona, binoni isitish uchun 2016-yilda qayta rekonstruksiya qilingan isitish qozonxonasi, manzarali daraxt ekinlari, ko‘kalamzorlashtirish va ekinlar ekish uchun mo‘ljallangan maydonlardan iborat. Akademik litsey binosining ichki hududida o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun 200 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona, sportning barcha yo‘nalishlariga moslashtirilgan sportzali, akademik litseyning barcha o‘qituvchi xodimlari, o‘quvchilari hamda hududdagi “Qoratut”va “Uchqo‘rg‘on” Mahalla fuqarolari yig‘inlari aholisi uchun xizmat ko‘rsatuvchi Axborot kutubxona markazi faoliyat yuritadi. Undan tashqari akademik litsey binosida o‘quvchilar uchun 2 ta zamonaviy so‘ngi rusumdagi kompyuter jihozlari bilan jihozlangan, internet tarmog‘iga ulangan, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro yig‘ilishlar, seminarlar, ko‘rik tanlovlar, akademik litsey o‘quvchilarini oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun aprobatsiya testlar o‘tkazish uchun maxsus platformasiga ulangan  kompyuter sinflari . . tashkil etilgan. O‘quvchilarning xorijiy tillarni mukammal darajada egallashlari uchun maxsus zamonaviy kompyuterlar va dasturlar bilan ta’minlangan lingafon xonasi tashkil etilgan. Akademik litsey aniq fanlarga ixtisoslashganligi matematika va fizika fanlarini o‘qitilishi chuqurlashtirilganligi sababli yangi zamonaviy jihozlar  va elektron doska bilan ta’minlangan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tish uchun 2 ta fizika laboratoriyasi mavjud. Bundan tashqari kimyo va biologiya fanlarini amaliy o‘tish uchun laboratoriya xonalari mavjud. Akademik litsey binosida jami 54 ta o‘quv mashg‘ulotlari uchun maxsus jihozlar bilan ta’minlangan, o‘quv mashg‘ulotlarini ko‘rgazmali tashkil etish uchun elektron monitorlar bilan jihozlangan o‘quvxonalari mavjud. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, turli tadbirlar, ko‘rik tanlovlar, yig‘ilishlar, konsert dasturlari, kinofilmlar tomosha qilish uchun 200 o‘ringa mo‘ljallangan faollar zali mavjud.

Boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aliyev Suxrob RaimjonovichAndijon mashinasozlik instituti prorektori, AndMI akademik litseyi direktori

Abdulazizov Abdumajid Abdukarimovich– Akademik litsey ijrochi direktori

Karimova Feruza Avazovna – Akademik litsey oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari.

Ahmedova Gulbahor Bohodirovna– Akademik litsey yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari.

Qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlar TEST bosqichda oʻtkaziladi:

Imtihonlar yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi fanlardan iborat

Aniq fanlar-iqtisod (oʻzbek guruhlarida)

  • Matematika
  • Ingliz tili
  • Ona tili va adabiyot

Aniq fanlar-iqtisod (rus guruhlarida)

  • Matematika
  • Ingliz tili
  • Rus tili va adabiyot

Aniq fanlar-texnika (oʻzbek guruhlarida)

  • Fizika
  • Matematika
  • Ona tili va adabiyot

O’quvchilar turar joyi haqida ma’lumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil Andijon viloyati hokimining qaroriga asosan Andijon shahri "Lermontov" ko‘chasi 39-uyda joylashgan sobiq Andijon san’at kolleji binosining bir qismi ta’mirlanib, Andijon Mashinasozlik InstitutI akademik litsey tasarrufiga o‘tkazildi. . O‘quvchilar turarjoyi 4 qavatdan iborat bo‘lib 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Binoning

  1. -qavati — ma’muriyat xonasi, to‘garaklar xonasi, o‘quv mashg‘ulotlar xonasi,maʼlumotlar ichki va tashqi hojatxona va yuvinisholarlari, oshxona va boshqa xonalardan iborat.
  2. -qavati — 3-qavati — 4-qavati — 20 tadan jami 60 ta 2 va 3 o‘rinli yotoqxonalardan iborat. O‘quvchilar turar joyiga 2023-2024 o‘quv yilida Andijon Mashinasozlik Instituti tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan yangi zamonaviy yotoqxona jihozlari bilan ta’minlandi.


Yana qarag[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]