Andijon okrugi
| ||
okrug | ||
---|---|---|
Tegishli | Oʻzbekiston SSR | |
Maʼmuriy markazi | Andijon | |
Asos solingan sanasi | 1926-yil | |
Bekor qilingan sanasi | 1930-yil 30-iyul | |
Aholi | 794,3 ming kishi (1926) | |
Maydoni | 7,3 ming km² | |
Xaritada |
Andijon okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930 -yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andijon okrugi 1926-yilda tashkil topgan boʻlib, Andijon shahri okrug markazi etib belgilangan[1]. 1929-yilga kelib, okrug tarkibida 12 ta tumanga boʻlgan: Andijon, Aravon, Asaka, Baliqchi, Jalolquduq, Izboskent, Kosonsoy, Qoʻrgʻontepa, Norin, Shahrixon, Shoʻrqoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻon.
1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Andijon okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Okrug aholisi 1926-yilda 794,3 ming kishi boʻlgan. Shundan o‘zbeklar 593 140 nafar, qirg‘izlar 46 274 nafar, qipchoqlar 27 857 nafar, turklar 18 437 nafar, ruslar 15 884 nafar, qoraqalpoqlar 14 043 nafar, tatarlar 2476 nafar, tojiklar 28 249 nafarni tashkil etgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Аdministrativnoye deleniye Soyuza SSR (rus tilida), Moskva, 1929.
- ↑ „Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1926 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po regionam respublik SSSR“. 2017-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-oktyabr.