Kontent qismiga oʻtish

Andijon universal sport majmuasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andijon universal sport majmuasi
Manzili Andijon shahri, M. Qalandarova ko'chasi, 709-uy
Andijon
Oʻzbekiston
Konstruksiya
Ochilgan 2024-yil 24-avgust
Qurilish qiymati 8 million USD

Andijon universal sport majmuasi – Andijon shahrida joylashgan sport majmuasidir. Arenada asosan futzal oʻyinlari, shuningdek, 10 ga yaqin sport turidan musoboqalar oʻtkaziladi.

Sport majmuasi qurilish ishlari 2017-yilda boshlangan[1][2][3][4]. 2023-yil oxirida qurilish ishlari yakunlangan[5]. 2023-yil Oʻzbekiston 2024-yilgi Futzal jahon chempionatini qoʻlga kiritgan va mezbon arenalaridan biri sifatida Andijon universal sport majmuasi tanlangan. 2024-yil 24-avgustda ilk oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazilgan[6].

Sport majmuasi koʻp maqsadli sport oʻyinlarida foydalanish uchun qurilgan. Majmuada 6.3 gektarga qurilgan boʻlib bir ncha sport turlari, gimnastika, boks, milliy kurash, karate, dzudo kabi 20 yaqin sport toʻgaraklari faoliyat yuritadi. Asosiy bosh arena yopiq holatida qurilga boʻlib, 4,000 tomoshabinni sigʻdira oladi[7].

Andijon sport majmuasi 2024-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilgan Futzal boʻyicha jahon chempionatining mezbon arenalaridan biri sifatida 2023-yilda tanlangan[8][9]. Turnir davomida arenada 8 ta oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan[10][11][12]. Turning D guruhi va nim chorak finalning ikki oʻyini oʻtkaziladi.