Kontent qismiga oʻtish

Andkhoy tumani

Koordinatalari: 36°57′0.0″N 65°7′0.1″E / 36.950000°N 65.116694°E / 36.950000; 65.116694
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andkhoy tumani
tuman
36°57′0.0″N 65°7′0.1″E / 36.950000°N 65.116694°E / 36.950000; 65.116694
Mamlakat Afgʻoniston
Vaqt mintaqasi UTC+4,30
Andkhoy tumani xaritada

Andxoʻy tumani – Afgʻonistonning Faryob viloyatidagi tuman. Tuman markazi Andxoʻy shaharchasi boʻlib, tumanda jami 81 ta qishloq bor. Tumanda koʻpchilik dehqonchilik yoki chorvachilik bilan shugʻullanadi[1].

Tuman hududidan 5 ta daryo oqib oʻtadi: Khani Chahar Bagh, Khwaja Du Koh, Dawlatabad, Qaramqol va Qurghan. Khwaja Du Koh Jouzjon viloyatida joylashgan boʻlib, ushbu tuman Turkmaniston bilan chegaradosh.

Aksariyat aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Asosiy ekinlari bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori va kartoshka hisoblanadi. Tumanda sugʻorish tizimlari, oʻgʻitlar, pestitsidlar, savdo markazi yetishmaydi. Ammo u yerda Gilamdoʻzlik sanoati, charm fabrikalari, tikuvchilik, kashtachilik rivojlangan.

Taʼlim, sogʻliqni saqlash va hukumat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 11 ta maktab mavjud, biroq ular yetarlicha mablagʻ bilan taʼminlanmagan.

Tumanda sogʻlomlashtirish markazlari, dorixonalar, 20 oʻrinli shifoxona mavjud boʻlsa-da, tez yordam mashinalari, malakali shifokorlar yetishmaydi.

  1. „Control Timelines by District“. mapsynch.maps.arcgis.com. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.