Andoza munozarasi:Administratorlikka soʻrovlar
Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Qiyofa
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soʻrov
[manbasini tahrirlash]- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Quyida administrator boʻlishni xohlaydigan nomzodlarga qoʻyiladigan umumiy talablarni qabul qilish uchun oʻtkazilgan soʻrov bilan tanishishingiz mumkin. Soʻrov 2015-yil 12-martda ochildi va shu yilning 7-aprel kuni yopildi.
Tarafdorlar
[manbasini tahrirlash]- Roziman --Ximik1991 (munozara) 08:31, 12-Mart 2015 (UTC)
- Roziman. Faqat Ovoz soniga qoʻyiladigan talablar qismining 2-bandiga qarshiman, chunki Oʻzbekcha Vikipediyada shundoq ham kam ishtirokchi bor va agar kamida 15 ta ovoz kerak boʻlsa, u holda qachon barcha ishtirokchilar ovoz beradi deb bir necha oy kutishga toʻgʻri keladi. Hurmat bilan --StatisksExpert (munozara) 10:45, 12-Mart 2015 (UTC)
- Roziman. Talablarni ozgina yumashatsak boʻladi. Ovoz soni menimcha ham 10 ta boʻlsa yetadi. Nataev munozara 17:24, 12-Mart 2015 (UTC)
- Roziman Amir.Temur7 (munozara) 06:00, 13-Mart 2015 (UTC)
- Roziman--Amir.Temur (munozara) 14:28, 13-Mart 2015 (UTC)
- Roziman Lekin men, deb o'ylayman ovoz soni menimcha ham 10 ta boʻlsa yetadi. Rozilar bergan ovozlarning qiymati: umumiy ovozlarning kamida 70% yetadi. --Cekli829 (munozara) 19:16, 13-Mart 2015 (UTC)
- Roziman Ovozlar soni 10 ta boʻlishiga ovoz beraman --Xusinboy Bekchanov (munozara) 11:33, 14-Mart 2015 (UTC).
- Roziman Casual (munozara) 16:09, 16-Mart 2015 (UTC).
- Roziman. Nataeva munozara 13:44, 23-Mart 2015 (UTC)
Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Qarshilar
[manbasini tahrirlash]- Hozircha Qarshiman. Negaki ovozlar soni bu juda ham ko'p, keyin vikipediyada aktiv foydalanuvchilar juda ham kam qolgan tillarga qaraganda. Menimcha ovozlar sonini qisqartirishimiz kerak. Hurmat bilan Bir soddadil Uzbek (munozara) 10:37, 13-Mart 2015 (UTC)
- Qarshiman. Nega-ki ! Administratorlikka yetarli tajriba kerak. Qilayotgan tahrirlaridan bu odamni men tajribali deb hisoblamayman. ITPRO.UZ (munozara) 17:20, 5-Aprel 2015 (UTC)
- Bu yerda hech kim administratorlikka soʻrov qoldirgani yoʻq. Administratorlikka qoʻyiladigan talablar xususida muhokama boʻlyapti --Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:22, 6-Aprel 2015 (UTC).
Savollar
[manbasini tahrirlash]- Nomzodini qoʻygan hisob egasi oʻziga ovoz berishi mumkinmi? — Bu xabarni Amir.Temur7 (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
- Adminlikdan boshqa lavozim yoʻqmi? Nima uchun barcha yangi foydalanuvchilar shu lavozimga qiziqishmoqda. Undan koʻra vikidagi oʻzbek olimlari va shoirlarini yoki OʻzMEdagi maqolalardagi shaxslarni fotosini izlab topib joylashtirsak yaxshi edi. Va maqolalarni tuzatsak. Yana bir taklif kiritaylik kamida 3 ta tanlangan maqola yozgan boʻlishi kerak.--Mirzoulug'bek (munozara) 11:42, 13-Mart 2015 (UTC)
Takliflar
[manbasini tahrirlash]- 6 oylik tajriba adminga kamroqqa oʻxshayapti — kamida 1 yil boʻlsin. Tahrirlari soniga kelsak, kichik tahrirlar 50%dan koʻp boʻlmasligi kerak. Soʻnggi 3 oy davomida faol tahrir qilgan boʻlishi kerak (yaʼni shu oylarning har birida 10tadan ortiq tahriri boʻlishi kerak). Hammasi boʻlib 15ta ovoz toʻplashimiz qiyin, 8 yoki 10tagacha qisqartirish kerak. --Sociologist--munozara-- 13:31, 12-Mart 2015 (UTC)
Natija
[manbasini tahrirlash]Bajarildi. Umumiy hisobda oʻn foydalanuvchi ovoz berdi, bir foydalanuvchi fikr bildirdi va yana bir foydalanuvchi mavzuni notoʻgʻri tushunib, mavzuga aloqasi boʻlmagan sharh qoldirdi.
- Tajribali administrator nomzod kamida bir yil avval roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak, deb fikr bildirdi. Buni men ham qoʻllayman. Shuning uchun administrator tajribasi boʻyicha qoʻyiladigan talabni oʻzgartirdim.
- Tahrirlar soniga qoʻyiladigan talabga qoʻshimcha kitirildi: kichik tahrirlar soni umumiy tahrirlar sonining 50 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak.
- Nomzod „soʻnggi uch oy davomida faol tahrir qilgan boʻlishi kerak“ degan talabga aniqlik kiritildi: nomzod shu oylarning har birida 10tadan ortiq tahrir qilgan boʻlishi kerak.
- Nomzodni qoʻllab berilgan ovozlar miqdori umumiy ovozlarning kamida 70 foiziga teng boʻlishi kerak, degan taklif qabul qilindi.
- Yuqoriagi soʻrovda ovoz berganlarning besh nafari va fikr bildirgan bir foydalanuvchi ovoz berganlar sonini ozaytirish kerak dedi. Shuning uchun ovozlarning minimal soni oʻnta qilindi.
Shu bilan muhokama oʻz yakuniga yetdi. Administrator boʻlishni xohlaydiganlarga qoʻyiladigan talablarni qabul qildik. Bu talablarga bir foydalanuvchi mustaqil ravishda oʻzgartirish kirita olmaydi. Buning uchun ochiq muhokama oʻtkazilishi kerak boʻladi. Nataev munozara 13:23, 7-Aprel 2015 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.