Andreevlar shirkati
Andreevlar shirkati ("An-dreevskoye tovarishestvo") —19-asr oxi-ri — 20-asr boshlarida Oʻzbekiston iqtisodiyotida hukmron boʻlgan, ajnabiy va rus kapitalining qudratiga tayangan yirik aksiyadorlik jamiyati. A.sh.ni 1912-yil Oʻzbekistondagi yirik sarmoya-dorlar Rus-Osiyo banki ishtirokida tash-kil etganlar. Bunga "Aka-uka Knoplar savdo uyi" firmasi tashabbuskor boʻlgan. A.sh.ning dastlabki asosiy kapitali 750 ming soʻm boʻlib, 1915-yilda 5 mln. soʻmga yetgan. A.sh. 1917-yil 31 paxta tozalash, 6 paxta yogʻi va sovun ishlab chiqarish zavodlariga egalik qilgan. A.sh. Rossiyada-gi "Salomas" aksiyadorlik jamiyatining faoliyatida qatnashgan. "Salomas"ning 20% aksiyasi 1917-yil A.sh. qoʻlida boʻlgan. A.sh. dehqonlar yetishtirgan paxtaning katta qismini arzon garovga xarid qilib, tolasini Rossiya va Polshaga so-tar, chigitidan yogʻ va sovun tayyorlar edi. A.sh. 1918-yil mart — aprel oylarida Sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |