Andrew Cassels
Andrew Cassels | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
23-iyul 1969-yil Bramalea, Ontario, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 1 in (185 cm) | ||
Ogʻirligi | 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
Oʻynagan jamoalari |
Montreal Canadiens Hartford Whalers Calgary Flames Vancouver Canucks Columbus Blue Jackets Washington Capitals | ||
Milliy jamoa | Kanada | ||
NHLga kirish drafti |
17-oʻrindagi tanlov, 1987 Montreal Canadiens | ||
Jamoalardagi faoliyat | 1989—2006 |
Andrew William Cassels (talaffuzi: Endryu Uilyam Kassels) (1969-yil 23-iyulda tugʻilgan) — kanadalik professional sobiq xokkeychi. Andrew Cassels „Montreal Canadiens“, „Hartford Whalers“, „Calgary Flames“, „Vancouver Canucks“, „Columbus Blue Jackets“ va „Washington Capitals“ kabi Milliy xokkey ligasi jamoalari safida oʻn olti mavsum oʻynagan. Andrew Cassels Ontario shtatining Bramalea shahrida tugʻilib oʻsgan.
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligida Andrew Cassels 1982-yilda Quebec xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Ontario shtatining Brampton shahridagi „Chinguacousy“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].
Andrew Cassels „Montreal Canadiens“ xokkey klubi safiga 1987-yilda NHL kirish loyihasida 17-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi. Keyinchalik, Andrew Cassels „Ottawa 67’s“ xokkey jamoasi safida OHLda uchta yulduzli mavsum oʻynadi. Andrew Casselsning eng yaxshi mavsumi 1987—1988-yillarga toʻgʻri keladi. Oʻshanda Andrew Cassels liganing eng yaxshi xokkeychisi sovrinini qoʻlga kiritgan edi. 1989-yil 19-noyabrda „Montreal“ xokkey jamoasi bilan NHLdagi debyut oʻyinida Andrew Cassels faoliyatidagi birinchi golini „Calgary Flames“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi.
Keyinchalik, Andrew Cassels „Hartford Whalers“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi. Andrew Cassels 1992-yildan 1997-yilgacha ketma-ket 5 mavsum davomida „Whalers“ xokkey klubi reytingida gol urish va golli uzatmalar boʻyicha oldingi oʻrinlarni egallagan edi.
Andrew Cassels 1996—1997-yillardagi mavumda „Calgary Flames“ xokkey jamoasi safida harkat qilgan. Andrew Cassels „Flames“ xokkey jamoasi safida ikki mavsum oʻynagan.
1999-yilda Andrew Cassels erkin agentga aylandi va „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. „Vancouver“ xokkey jamoasi safida Andrew Cassels 1999—2000-yillardagi mavsumda 45 ta golli uzatma va 62 ochkoni oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi. 2001—2002-yillardagi mavsumda Andrew Cassels oʻz faoliyatidagi eng yaxshi xokkey oʻyini mavsumini oʻtkazdi. Andrew Cassels bu mavsumda 53 oʻyinda maydonga tushib, 50 ochko toʻpladi. Shuningdek, Andrew Cassels „Canucks“ xokkey jamoasiga pley-offga chiqishga yordam berdi.
2002-yilda shartnoma muddati tugashi bilan Andrew Cassels „Vancouver“ xokkey jamaosini tark etib, „Columbus Blue Jackets“ xokkey jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.
2004—2005-yillardagi mavsumda NHL lokavtidan soʻng Andrew Cassels 2005-yil 12-avgustda „Washington Capitals“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Biroq,Andrew Casselsga yoshi va jarohatlari mavsumni yaxshi yakunlay omasligini taʼminlandi. Shuning uchun, Andrew Cassels 2006-yil 28-yanvarda '[Washington Capitals" xokey jamoasini tark etdi[2].
NHLdagi 16 mavsumida Andrew Cassels jami 1015 ta oʻyinda maydonga tushib, 204 gol, 528 golli uzatma, 732 ochko va 410 penaltini qayd etgan edi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
1984—1985 | Bramalea Blues | MetJHL | 4 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | — | — | ||
1985—1986 | Bramalea Blues | MetJHL | 33 | 18 | 25 | 43 | 26 | — | — | — | — | — | ||
1986—1987 | Ottawa 67’s | OHL | 66 | 26 | 66 | 92 | 28 | 11 | 5 | 9 | 14 | 7 | ||
1987—1988 | Ottawa 67’s | OHL | 61 | 48 | 103 | 151 | 39 | 16 | 8 | 24 | 32 | 13 | ||
1988—1989 | Ottawa 67’s | OHL | 56 | 37 | 97 | 134 | 66 | 12 | 5 | 10 | 15 | 10 | ||
1989—1990 | Montreal Canadiens | NHL | 6 | 2 | 0 | 2 | 2 | — | — | — | — | — | ||
1989—1990 | Sherbrooke Canadiens | AHL | 55 | 22 | 45 | 67 | 25 | 12 | 2 | 11 | 13 | 6 | ||
1990—1991 | Montreal Canadiens | NHL | 54 | 6 | 19 | 25 | 20 | 8 | 0 | 2 | 2 | 2 | ||
1991—1992 | Hartford Whalers | NHL | 67 | 11 | 30 | 41 | 18 | 7 | 2 | 4 | 6 | 6 | ||
1992—1993 | Hartford Whalers | NHL | 84 | 21 | 64 | 85 | 62 | — | — | — | — | — | ||
1993—1994 | Hartford Whalers | NHL | 79 | 16 | 42 | 58 | 37 | — | — | — | — | — | ||
1994—1995 | Hartford Whalers | NHL | 46 | 7 | 30 | 37 | 18 | — | — | — | — | — | ||
1995—1996 | Hartford Whalers | NHL | 81 | 20 | 43 | 63 | 39 | — | — | — | — | — | ||
1996—1997 | Hartford Whalers | NHL | 81 | 22 | 44 | 66 | 46 | — | — | — | — | — | ||
1997—1998 | Calgary Flames | NHL | 81 | 17 | 27 | 44 | 32 | — | — | — | — | — | ||
1998—1999 | Calgary Flames | NHL | 70 | 12 | 25 | 37 | 18 | — | — | — | — | — | ||
1999—2000 | Vancouver Canucks | NHL | 79 | 17 | 45 | 62 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2000—2001 | Vancouver Canucks | NHL | 66 | 12 | 44 | 56 | 10 | — | — | — | — | — | ||
2001—2002 | Vancouver Canucks | NHL | 53 | 11 | 39 | 50 | 22 | 6 | 2 | 1 | 3 | 0 | ||
2002—2003 | Columbus Blue Jackets | NHL | 79 | 20 | 48 | 68 | 30 | — | — | — | — | — | ||
2003—2004 | Columbus Blue Jackets | NHL | 58 | 6 | 20 | 26 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2005—2006 | Washington Capitals | NHL | 31 | 4 | 8 | 12 | 14 | — | — | — | — | — | ||
NHL jami | 1,015 | 204 | 528 | 732 | 410 | 21 | 4 | 7 | 11 | 8 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | Tadbir | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1989-yil | Kanada | WJC | 7 | 2 | 5 | 7 | 2 | |
1996-yil | Kanada | WC | 6 | 1 | 0 | 1 | 0 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
- ↑ El-Bashir, Tarik. „Cassel's short time with Capitals runs out“. washingtonpost.com (2006-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2007-yil 10-noyabr.