Andrew R. Morgan
Andrew R. Morgan | |
---|---|
Tavalludi | 1976-yil 5-fevral (46 yosh) Morgantown, Gʻarbiy Virginia, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Millati | amerikalik |
Kosmik karyera | |
Daraja | Polkovnik, AQSh |
Kosmosdagi vaqt |
271 kun 12 soat 48 daqiqa |
Tanlash | 2013-yil NASA guruhi |
Jami EVAs |
7 |
Jami EVA vaqti |
45 soat 48 daqiqa |
Missiyalar | Soyuz MS - 13 / Soyuz MS - 15 (ekspeditsiya 60/61/62) |
Missiya belgisi |
Andrew Morgan (talaffuzi: Endryu Morgan 1976-yil 5-fevralda tugʻilgan) — NASA astronavti[1][2].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andrew Stacey Morgana uylangan. Ularning toʻrt nafar farzandi bor.
Erta hayot va taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Morgan 1976-yil 5-fevralda Gʻarbiy Virginia shtatining Morgantown shahrida Richard va Jenis Morgan oilasida tugʻilgan. U Delaverdagi Dover oʻrta maktabida oʻqigan. Morgan 1998-yilda West Point AQSh harbiy akademiyasida atrof-muhit muhandisligi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shundan soʻng Morgan AQSh armiyasiga qoʻshildi. U West-Pointdagi faoliyati davomida „Qora ritsarlar“ nomi bilan tanilgan West Point parashyut jamoasining bir qismiga aylandi. Keyinchalik u Sogʻliqni saqlash fanlari Uniformed Services universiteti qoshidagi tibbiyot fakultetida oʻqidi va u yerda doktorlik ilmiy darajasini oldi. 2005-yilda MorganVashington shtatidagi Tacoma yaqinidagi Madigan armiyasi tibbiyot markazida shoshilinch tibbiy yordami boʻyicha rezidenturani tamomladi. 2013-yilda Virjiniya Hamdoʻstlik universitetida birlamchi tibbiy yordam sport tibbiyoti boʻyicha stipendiyali oʻqishni tamomlagan[3].
Astronavt faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Morgan 2013-yil iyun oyida NASA tomonidan NASA astronavtlar guruhi 21 („Sakkiz toʻp“ laqabli) sakkiz aʼzosidan biri sifatida tanlandi va ikki yillik kosmonavtlarni tayyorlash dasturida oʻqishni boshladi. Tayorlanish mobaynida u rus tili, robototexnika, ilmiy va texnik sohalar, ISS operatsiyalari, T-38 parvoz operatsiyalari, omon qolish va koinotda yurish operatsiyalarini oʻtagan. Morgan yetti nafar azolar bilan birga astronavtlarni tayyorlashni tugatdi va 2015-yil 7-iyulda kelajakdagi parvoz topshiriqlarini olish huquqiga ega boʻldi[4].
Mashgʻulotni yakunlash va birinchi parvoziga tayinlanish oraligʻida Morgan NASA EVA/Robotexnika va ekipaj operatsiyalari boʻlimlarida xizmat qildi.
Morgan birinchi missiyasidan qaytganidan soʻng NASA Astronavtlar idorasining Missiyani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi va 67-ekspeditsiya uchun qoʻshimcha rahbari boʻlib ishladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ National Aeronautics and Space Administration. „2013 Astronaut Class“. NASA. 2013-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2013-yil.
- ↑ Whiting. „Andrew R. Morgan (M.D.) (Col., U.S. Army) NASA Astronaut“. NASA (21-fevral 2016-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2020-yil.
- ↑ Whiting. „Andrew R. Morgan (M.D.) (Col., U.S. Army) NASA Astronaut“. NASA (21-fevral 2016-yil).
- ↑ Northon. „NASA’s Newest Astronauts Complete Training“. NASA (9-iyul 2015-yil). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-noyabr.