Andrey Platonov
Andrey Platonovich Platonov | |
---|---|
Tavalludi |
Andrey Platonovich Klimentov 16(28)-avgust 1899 Voronij, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
5-yanvar 1951 Moskva, SSSR |
Ijod qilgan tillari | rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, RSFSR, SSSR |
Yoʻnalish | nasr, she'r, roman, hikoya, pyesalar, publitsistika |
Faoliyat yillari | 1919—1951 |
Andrey Platonovich Platonov asl ismi Klimentov; 1899-yil 16(28)-avgust, Voronej, Rossiya imperiyasida tavallud topgan. Rus sovet yozuvchisi, shoiri, publitsist, dramaturg, ssenariynavis, jurnalist, harbiy muxbiri va muhandis . Ulug 'Vatan urushi qatnashchisi. Platonov ijodining eng yorqin oʻziga xos xususiyatlaridan biri uning jahon adabiyotida oʻxshashi boʻlmagan xalqona tilidir. Platonovning nasri bolalar nutqiga xos boʻlgan leksik va grammatik „xatolar“ bilan toʻla boʻlgan.
Otasi - Platon Firsovich Klimentov (1870-1952) Voronej temir yo'l ustaxonalarida haydovchi va mexanik bo'lib ishlagan. Ikki karra Mehnat Qahramoni (1920, 1922), 1928 yilda VKP safiga qabul qilingan. Onasi - Lobochixina Mariya Vasilevna (1874/1875-1928/1929) - soatsozning qizi, uy bekasi, o'n bir bolaning onasi edi. Katta farzand bo'lgani uchun Andrey ko'plab aka-uka va opa-singillarini boqishga yordam bergan. Ota-onasi Voronejdagi Chugunovskoye qabristoniga dafn etilgan.
1906-yilda Andrey cherkov maktabiga oʻqishga kirgan. 1909-1913-yillarda shaharda toʻrt yillik maktabida oʻqigan. U 12 yoshida sheʼr yozishni boshlagan. 1913-yildan ishlashni boshlagan. U „Rossiya“ sugʻurta kompaniyasining viloyat boʻlimida mayda qogʻozbozlik ishlari bilan shugʻullangan. U polkovnik Ya. G.Bek-Marmarchevning Ustye mulkidagi lokomobilda mashinist yordamchisi boʻlib ishlagan. 1915-yillarda Platonov ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullangan. U quvurchilik zavodida quyuvchi boʻlib ishlaygan. Voronej ustaxonalarida tegirmon toshlarini ishlab chiqaragan. 1918-yildan beri Voronejning „Izvestiya ukreprayona“ va „Krasnaya derevnya“ gazetalari bilan hamkorlik qilgan. Sheʼrlar, insholar, eslatmalar, sharhlar nashr ettirgan. Platonovning „Ocherednoy“ nomli birinchi hikoyasi „Jelezniy put“ jurnalida nashr etilgan. 1919-yildan shoir, publitsist va tanqidchi sifatida bir qancha gazetalar bilan hamkorlikda asarlar nashr ettirgan. Platonov koʻplab asarlar yozgan. 1921-yilda uning „Elektrifikatsiya“[1] nomli birinchi risolasi chop etilgan. Kollejni tugatgandan soʻng, Platonov elektrotexnikani oʻzining asosiy mutaxassisligi deb ataytgan. Uning sheʼrlari „Sheʼrlar“ jamoaviy toʻplamida nashr etilgan. Uning „Moviy chuqurlik“ nomli sheʼrlar kitobi Krasnodarda nashr etilgan.
„Chevengur“, „Baxtli Moskva[2]“" „Yashirin odam“, „Balogʻatga etmagan dengiz“, „Epifaniya qulflari“, „Kukur“, „ Goʻzal va gʻazablangan dunyo“, „Jan“, „Qaytish“ kabi koʻplab roman va qissalar muallifidir. Platonov oʻziga xos va mashhur badiiy uslubning yaratuvchisidir. 1951-yil 5-yanvar, Moskva, SSSRda vafot etgan. Evgeniy Taratutaning iltimosiga koʻra, Qrim astrofizika observatoriyasi astronomi Lyudmila Karachkina 1981-yil 7-sentyabrda kashf etilgan asteroid (3620)ga yozuvchi sharafiga Platonov nomini berilgan. Voronejda yozuvchining nomi bilan koʻcha, kutubxona, maktab-internat, adabiy mukofot, xalqaro sanʼat festivali nomlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Шубин Л. Андрей Платонов // Вопросы литературы : журнал. — 1967. — № 6. — С. 26—54. — ISSN 0042-8795. Архивировано 22 sentyabr 2011 года.
- ↑ „Платонов А. П. Счастливая Москва“. a-z.ru. 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-mart.