Kontent qismiga oʻtish

Andrey Upit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andrey Martinovich Upit Skriveri, hozirgi Latviya Respublikasi, Ogra tumani. Latviya xalq yozuvchisi (1943). Latviya Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvi raisi (1941—54), Latviya Fanlar akademiyasi akademik (1946), Latviya Oliy Majlisi Prezidiumi raisi oʻrinbosari (1940—51) va aʼzosi (1951-yildan). Ijodi 1906-yildan boshlangan. 1907—12 yillarda „Burjua“, „Soʻnggi latish“ dilogiyasini yozgan. „Robejniyeklar“ trilogiyasi (1909—33)da latish dehqonlarining 1905—07 yillargacha bosib utgan tarixiy yoʻli aks etgan. „Kichik komediya“ hikoyalar kitobi (1909—10) va „Ayol“ (1910), „Oltin“ (1914), „Xoinlar“ (1915—16) romanlarida meshchanlik tanqid qilingan. „Kamalak koʻprik boʻylab“ romani (1926), „Choʻmiluvchi Susanna“ (1922), „Chaykaning parvozi“ (1926), „Yashnayotgan choʻl“ (1930) komediyalari hamda „Metamorfoza“ (1923), „Qashshoq hayot“ (1926), „Pastor haqida hikoyalar“ (1930) toʻplamlari va tarixiy mavzudagi „Asrlar boshida“ tetralogiyasi (1937—40) muallifi. „Koʻkalamzor“ (1945), „Bulutlardagi shuʼla“ (1951) romanlarida XIX asr oxiridagi latish qishloqlari hayoti aks etgan. Adabiyot tarixiga oid tadqiqotlari bor. „Jannatdan quvilganlar“ (1973, 1980), „Yashil yer“ (1962) asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.