Kontent qismiga oʻtish

Andrey Voznesenskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Andrey Andreyevich Voznesenskiy (ruscha: Андре́й Андре́евич Вознесе́нский; 1933-yil 12-may, Moskva2010-yil 1-iyun, Moskva) — rus shoiri. Sheʼrlari oʻta zamonaviylashtirilganligi, murakkab obrazliligi va ritmik tizimi bilan ajralib turadi. „Aksildunyolar“ (1964), „Vitraj ishlari ustasi“ (1976), „Adashtiruv“ (1978) toʻplamlari, „Ustalar“ (1959), „Lonjyumo“ (1963). „Oza“ (1964), „Avos“ (1972), „Choh“ (1986) va boshqa poemalar muallifi. Voznesenskiyning „Video—sheʼriyat“, „Rossiya—qimorxona“, „Chalkash shamollararo“ kabi sheʼriy va nasriy kitoblari nashr qilingan. Shoʻro tuzumi davrida Voznesenskiy haqgoʻyligi, adolatparvarligi uchun taʼqibga uchragan. 1966-yilgi Toshkent zilzilasi paytida Toshkentda boʻlib, „Toshkentga yordam bering!“ dostonini yozgan. Voznesenskiy Alisher Navoiy haqida „Alisher Navoiy — ulugʻ shoir… Navoiyning ming yillarga tatirli ahamiyati bor…“, deb unga yuksak baho bergan.

„Mangu rizq“ asari Sirojiddin Sayyid tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1990).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil