Kontent qismiga oʻtish

Androgenlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Androgenlar — erkaklar jinsiy bezi gormonlari (testosteron, androsteron va androstenolon); moyak toʻqimasida sintezlanadigan erkaklar gormonlari turkumini va bir qator kamroq faoliyatga ega buyrak usti bezi poʻst qavati mahsulotlarini oʻz ichiga oladi. Bu turkumga kiradigan 30 dan ortiq tabiiy birikmalar kashf etilgan. Androgenlar sperma, qon va siydikda boʻladi, erkaklar ikkilamchi jinsiy belgilarining rivojlanishini taʼminlaydi. Jinsga xos taʼsirdan tashqari, androgenlar organizm metabolizmiga anabolik naf koʻrsatadi, oqsillar sintezini kuchaytiradi, organizmda azot ushlanishini oshiradi. Tibbiyotda jinsiy faoliyat buzilganda va klimakteriya davrida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil